$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Uzum ekotizimi o‘tgan yilda O‘zbekiston byudjetiga qariyb 1,2 trillion so‘m soliq to‘ladi

uzum

Uzum milliy raqamli ekotizimi 2024-yilda mamlakat byudjetiga qariyb 1,2 trillion so‘m (94,8 million dollardan ortiq) mablag‘ o‘tkazib, mamlakatdagi eng yirik xususiy soliq to‘lovchilardan biriga aylandi. Ekotizim soliq to‘lovlari hajmi bo‘yicha mamlakatdagi xususiy kompaniyalar orasida ikkinchi o‘rinni egalladi. Shu bilan birga, yil davomida ekotizimning soliq ajratmalari miqdori 28% ga oshdi va O‘zbekiston byudjetining barcha daromadlarining 0,3% ini ta’minladi.

Har uchinchi fuqaro Uzum xizmatidan foydalangan

2024-yilning oxiriga kelib Uzum ekotizimi xizmatlaridan O‘zbekistonning har uchinchi fuqarosi foydalangan. Ekotizim mahsulotlari ustida butun mamlakat bo‘ylab 11 mingdan ortiq xodim ishlaydi, Uzum esa IT sohasida ish o‘rinlarini faol yaratmoqda, shuningdek, mamlakatning barcha hududlarida yoshlarning kasbiy o‘sishi uchun imkoniyatlar taqdim etmoqda. O‘tgan yili kompaniya 3000 ga yaqin yangi ish o‘rinlarini yaratdi — bu Uzum hamkorlaridagi ish o‘rinlarini hisobga olmaganda.

Biznesni rivojlantirishda Uzum qanday rol o‘ynamoqda?

Bundan tashqari, Uzum xizmatlari va infratuzilmasidan o‘z biznesini rivojlantirish uchun foydalanadigan hamkorlarda ham yangi ish o‘rinlari paydo bo‘lmoqda. Bular Uzum Market milliy marketpleysida tovarlarni sotuvchi tadbirkorlar, Uzum Tezkor tez yetkazib berish xizmati bilan hamkorlik qiluvchi restoranlar, kafe, do‘konlar va boshqalardir. Shunday qilib, raqamli ekotizimning rivojlanishi bilan butun mamlakat bo‘ylab kichik va o‘rta biznesni oydinlashtirish va rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar vujudga kelmoqda.

Ma’lumot uchun, Uzum xizmatlaridan har oyda O‘zbekistonning 13 milliondan ortiq aholisi foydalanadi.

Теги :
Jamiyat
Iqtisodiyot