$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

“Oʻzbekneftgaz”ga qarshi ish qoʻzgʻatildi

Uzneftgaz

Qoʻmitaning Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan Toshkent shahrida oʻtkazilayotgan davlat xaridlari boʻyicha doimiy monitoring oʻtkazilmoqda.

Savdolarda muammolar

Oʻrganishlar natijasiga koʻra, “Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan maxsus axborot portali orqali oʻtkazilgan 2 ta jami 4.8 mlrd. soʻmga yaqin eng yaxshi takliflarni tanlash savdolarida “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunning 29-moddasi talablari buzilganlik alomatlari aniqlandi.

Nizom talablari buzilishi alomatlari

Yuqoridagilarga koʻra, “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonun va Vazirlar Mahkamasining 225-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari buzilishi alomatlari bilan “Oʻzbekneftgaz” AJga nisbatan ish qoʻzgʻatildi.

Qoʻzgʻatilgan ish oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqilib, qaror qabul qilingandan soʻng qoʻshimcha axborot berilishi maʼlum qilindi.

“Oʻzbekneftgaz” eng ko‘p soliq to‘lovchi

Boshqa raqobatli sohalarda soliq tushumlarining barqaror o‘sishi yuz berayotgan bo‘lsa, tubga botayotgan energetikada buning butunlay aksi yuz bermoqda, deb yozadi Bakiroo. O‘tgan 7 oyda 2023-yilning 7 oyi bilan solishtirganda yoqilg‘i-energetikaga daxildor davlat kompaniyalarida soliq tushumlari keskin pasaygan, xususan:

  • O‘zbekneftegazda 3 019,6 mlrd. so‘mdan 2 290,7 mlrd. so‘mgacha (-24,2%);
  • Buxoro neftni qayta ishlash zavodida 707,8 mlrd. so‘mdan 410,3 mlrd. so‘mgacha (-42,0%);
  • Uz-Kor Gas Chemical MCHJda 547,6 mlrd. so‘mdan 170,5 mlrd. so‘mgacha (- 3,2 karra);
  • Uzbekistan GTL MCHJda 254,4 mlrd. so‘mdan taxminan 120 mlrd. so‘mgacha (- 2,1 karra);
  • Issiqlik elektr stanstansiyalari AJda 816,4 mlrd. so‘mdan 363,3 mlrd. so‘mgacha (-2,2 karra) qisqarib ketgan.
Теги :
Jamiyat