$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

UzAuto ishlab chiqargan Lacetti’lar 5 oyga ham bormasdan yonib ketmoqda

lacetti

Raqobat qo‘mitasi “UzAuto Motors”ga nisbatan ish ochdi. Bu haqda qo‘mitaning rasmiy Telegram kanalida xabar berildi.

Masala nimada?

Raqobat qo‘mitasiga Qoraqalpog‘iston Respublikasidan fuqaro A. D.ga o‘ziga tegishli 2023-yilda “UzAuto Motors” AJ tomonidan ishlab chiqarilgan “Lacetti L-Stayle MT” rusumli avtomobil olinganiga 5 oy ham bo‘lmasdan nosozligi tufayli yonib ketganini, lekin ishlab chiqaruvchi tomonidan ushbu holat o‘z vaqtida bartaraf etilmayotgani yuzasidan murojaat qilgan.

Holat Navoiyda ham kuzatilgan

Ushbu murojaat Qo‘mita tomonidan ko‘rib chiqilganda holat o‘z tasdig‘ini topdi, shuningdek, aynan shu markali (modelli, artikulli) avtomobilda yong‘in chiqishi holati Navoiy viloyatida ham kuzatilgani aniqlandi.

Qo‘mita Maxsus komissiyasi tomonidan “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 14 va 20-moddalari talablari buzilish alomatlari bo‘yicha “UzAuto Motors” AJ va “PSM-AVTOSAVDO” MCHJlarga nisbatan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilgan.

Majburiy ko‘rsatma berildi

Qo‘mita tomonidan ushbu holat (avtomobilda yong‘in chiqishi) inson hayoti va uning sog‘lig‘iga jiddiy ziyon yetkazishi mumkinligi holatlarini inobatga olgan holda, yuqorida qayd etilgan avtomobil bilan bir vaqtda ishlab chiqarilgan 37 ta aynan shu markali (modelli, artikuli) avtomobillarni 10 kunlik muddatda chaqirtirib olinib, texnik ko‘rikdan o‘tkazish yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berildi.

Fuqoroga yangi avtomobil berildi

Shuningdek, murojaat qilgan fuqaroga ayni shunday markali yangi avtomobil almashtirib berildi hamda iste’molchi talab qo‘ygan vaqtdan boshlab o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun avtomobil bahosining bir foizi miqdorida neustoyka (penya) to‘lashi to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Теги :
Jamiyat
Avto