Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
⛅ +17° kechasi +9°

“UzAuto Motors” yana chegirma taklifi bilan chiqdi

AJ ayrim avtomobillarga faqat rasmiy dilerlarda gazballon asbob-uskunalari, radar detektorlari, videoregistratorlar, signallar va boshqa aksessuarlar o‘rnatilganda ishlab chiqaruvchining kafolati saqlanishini belgilab qo‘ydi.

1 daqiqa o‘qiladi

Tracker va Onix

“UzAuto Motors” AJ O‘zbekiston mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan Chevrolet Tracker avtomobili uchun foizsiz muddatli to‘lovning yangi shartlarini taqdim etdi.

50 foiz to‘lov bilan 36 oy davomida foizsiz muddatli to‘lov

Unga ko‘ra, Chevrolet Trackerning istalgan modelini boshlang‘ich 50 foiz to‘lov bilan 36 oy davomida foizsiz muddatli to‘lov asosida xarid qilish mumkin.

Shu bilan birga, Tracker MY2024 avtomobillari uchun 22 million so‘mgacha chegirmalar davom etmoqda.

100% oldindan toʻlov bilan:

Chevrolet Tracker LS PLUS — 5 mln. soʻm;

Chevrolet Tracker LTZ PLUS — 15 mln. soʻm;

Chevrolet Tracker Premier PLUS — 20 mln. soʻm;

Chevrolet Tracker Redline — 22 mln. soʻm chegirma mavjud.

Kafolat xizmatlarining kengayishi

Shuningdek, Chevrolet Onix xaridi uchun 15 mln. so‘mlik chegirma hali ham amalda.

“UzAuto Motors” AJ avtomobilarning kafolat xizmatlarini kengaytirmoqda. Chevrolet Onix va Tracker avtomobillariga faqat rasmiy dilerlarda gazballon asbob-uskunalari, radar detektorlari, videoregistratorlar, signallar va boshqa aksessuarlar o‘rnatilganda ishlab chiqaruvchining kafolati saqlanadi.