$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

“Chevrolet Lacetti”, “Damas”, “Labo” uchun onlayn shartnoma ochilmoqda

lacetti

UzAuto Motors muntazam ravishda avvalgi avtomobillar xaridi uchun tuzilgan shartnomalardan chiqarilgan hajmlarni kontraktatsiyaga taklif etib kelmoqda. Ya’ni oldin shartnoma tuzim pulini to‘lay olmaganlar bilan sahrtnoma bekor qilinib, uning o‘rnini to‘ldirish maqsadida muddatli ravishda ayrim avtomobillarga onlayn kontraktatsiya ochilmoqda.

4 500 ta “Chevrolet Lacetti”

Shu munosabat bilan 8-may kuni soat 10:00 da 4 500 dona Chevrolet Lacetti avtomobili uchun kontraktatsiya ochilishi rejalashtirilgan. Barcha avtomobillar shu zahoti olib ketish imkoniyati bilan shartnoma tuzish uchun mavjud.

Shuningdek, Damas va Labo avtomobillari uchun ham shartnoma tuzishingiz mumkin.

Narx masalasi

UzAuto Motors avtomobil narxlari o‘zgarishsiz qoldirilganini e’lon qildi. “Chevrolet Lacetti”, “Damas” va “Labo” avtomobillari uchun shartnoma tuzish faqat savdo.uzavtosanoat.uz sayti orqali amalga oshirilishi mumkin. Telegram-bot hamda UzAvtosavdo ilovasi navbatni kuzatish xizmatini hamda mavjud avtomobillar haqida ma’lumotni taqdim etadi.

"Cobalt" ham ishlab chiqariladi

“Bundan tashqari, UzAuto Motors avtozavodi yaqin kunlarda Chevrolet Cobalt avtomobilini yangilangan modifikatsiyada ishlab chiqarishni boshlaydi. Unda eksteryerning qisman restaylingi mavjud bo‘ladi. Yangilangan avtomobillardagi o‘zgarishlar va kontraktatsiya vaqti haqida keyinroq xabar beriladi”, – deb xabar qilmoqda UzAuto.

Теги :
Jamiyat