Yakshanba, 25-oktabr, 2026
Havo 76 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +6° kechasi +6°

UzAirways bayram munosabati bilan chegirma eʼlon qildi

31-avgustdan 3-sentyabrgacha amalga oshiriladigan barcha mahalliy aviaqatnovlar uchun 30 foizgacha chegirma taqdim etiladi.

1 daqiqa o‘qiladi

UzAirways bayram munosabati bilan chegirma eʼlon qildi

Mustaqillik bayrami munosabati bilan qoʻshimcha aviaqatnovlar amalga oshiriladi. Bu haqida “Uzbekistan Airways” AJ maʼlum qildi.

Qachongacha?

Xabarga koʻra, 31-avgustdan 3-sentyabrgacha amalga oshiriladigan barcha mahalliy aviaqatnovlar uchun aviachiptalar tariflaridan 30 foizgacha chegirma taqdim etiladi.

Aviareyslar roʻyxati 

Aviareyslar roʻyxati quyidagicha:

  • HY015/016 Toshkent – Nukus – Toshkent: 30-avgust, 1- va 3-sentyabr;
  • HY021/022 Toshkent – Buxoro – Toshkent: 30-, 31-avgust va 3-sentyabr;
  • HY065/066 Toshkent – Termiz – Toshkent: 31-avgust va 2-sentyabr;
  • HY083/084 Toshkent – Fargʻona – Toshkent: 1-sentyabr;
  • HY093/094 Toshkent – Namangan – Toshkent: 2-sentyabr;
  • HY055/056 Toshkent – Urganch – Toshkent: 31-avgust va 2-sentyabr;
  • HY051/052 Toshkent – Urganch – Toshkent: 1-sentyabr;
  • HY057/058 Toshkent – Urganch – Toshkent: 3-sentyabr.

Chiptalarni qayerdan olish mumkin?

Aviachiptalarni booking.uzairways.com saytidan, kompaniya ilovasidan, Uzbekistan Airways Sales filialidan va aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.