$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Yoshroq koʻrinishni istasangiz har kuni bir xil vaqtda uxlang

uyqu

Kechki payt uzoq vaqt televizor koʻrish, telefon va kompyuterdan foydalanish uyqu sifatiga salbiy taʼsir koʻrsatadi.

Sogʻlom turmush tarzi uzoq umr garoviligini koʻp taʼkidlashadi. Uning eng muhim omillaridan biri esa sogʻlom uyqudir.

Doim bir xil vaqtda uxlaydiganlar yoshroq koʻrinadi

Maʼlumotlarga koʻra, har kuni tunda bir xil vaqtda uxlaydiganlar boshqalarga qaraganda koʻproq umr koʻrar ekan. Buni oliy toifali shifokor Raʼno Nosirova ham tasdiqladi:

"Inson salomatligida meʼyoriy uyquning ahamiyati yuqori. Chunki kun davomida yoʻqotilgan energiya zaxiralari aynan uning yordamida qayta tiklanadi. Qolaversa, oʻqish va ishlash kabi hayotiy faoliyat uchun ham tiniqib orom olish zarur" — deydi shifokor.

Kechki payt texnologiyalardan foydalanish salbiy taʼsir qiladi

Kechki payt uyqudan avval uzoq vaqt televizor koʻrish, kompyuterda ishlash, planshet yoki telefondan foydalanish, yaʼni koʻz oldida sunʼiy yorugʻlikning boʻlishi uyqu sifatiga salbiy taʼsir qiladi. Oqibatda bosh miyada melatonin gormoni ishlab chiqarish kamayadi. Melatoninning qisqarishi esa tunda kortizol gormoni miqdorini oshiradi.

Korizontol gormonining oshishi qanday qanday oqibatlarga olib keladi?

Bu holat qonda qand va yogʻlarning ortishi, semizlik, qandli diabetning 2-turi, qon bosimi va boshqa yurak-qon tomir kasalliklari, depressiya, immunitetning pasayishi, tez-tez shamollash, miya faolligining susayishi, jigarni yogʻ bosishi kabi muammolarga olib kelishi mumkin.

Shuningdek, kayfiyat buzilishi, xotiraning susayishi va teridagi ayrim kasalliklar ham koʻpincha tiniqib uxlamaslik oqibatida kelib chiqadi. Eng yomoni, inson ertasi kuni yetarlicha orom olsa ham buning organizmga foydasi boʻlmaydi.

Sogʻlom uyqu uchun tavsiyalar

Sogʻlom uyqu uchun quyidagilarga amal qiling:

kechki uyqudan 1 soat avval televizor koʻrmang;

kompyuter va gadjetlardan foydalanmang;

uyquga juda kech yotmang;

bir vaqtda yotib, bir vaqtda turishga odatlaning;

eng yaxshi uyqu vaqti kechki soat 23:00 dan tongi 06:00 gacha.

Sogʻlom uyqu vaqtlari

Sogʻlom uyqu vaqti yoshga qarab turlicha boʻladi. Yaʼni bolalar koʻproq, kattalar esa biroz kamroq uxlashi lozim. Misol uchun: chaqaloqlar — 18-19 soat, bolalar — 11-12 soat, katta yoshlilar — 7-8 soat uxlashi meʼyor hisoblanadi.