Kam uxlash hatto ko‘rlikka olib kelishi mumkin
Ahamiyat berganmisiz, uyqusiz o‘tgan tundan keyin doim ko‘zlarimiz qizargan holda uyg‘onamiz? Ammo bu ayzbergning bizga ko‘ringan qismidir. Surunkali uyqusizlik bir necha noxush holatlarga olib kelishi mumkin.
2 daqiqa o‘qiladi

Uyquga to‘ymaslik nafaqat ko‘zlar qizarishni va ularning ostida “xaltachalar” paydo bo‘lishi bilan namoyon bo‘ladi, balki ko‘zlar salomatligiga jiddiy tahdid soladi. Ko‘zlar — ularga vaqti-vaqti bilan dam berib turish kerak bo‘lgan nozik organ. Kun davomida ko‘zimiz minglab vizual signallarni qayta ishlaydi, turli yorug‘likka reaksiyaga beradi, matnlarni o‘qiydi va atrofimizdagi dunyoning eng kichik tafsilotlarini idrok etadi.
Faqat uxlaganda koʻzlar dam oladi
Faqat uxlayotganimizdagina ko‘zlar va nihoyat dam oladi:
- Ko‘zning shox parda hujayralari yangilanadi;
- Ko‘z mushaklaridagi zo‘riqish kamayadi;
- Ko‘z yosh bezlarning ishi barqarorlashadi, chunki uyqu paytida ko‘zni qurishdan himoya qiluvchi plyonka hosil bo‘ladi.
Ammo muntazam ravishda yetarlicha uxlamaslik yuqoridagi jarayonlarga salbiy ta’sir qiladi.
Uyquning ko‘zlar salomatligida o‘rni
Ahamiyat berganmisiz, uyqusiz o‘tgan tundan keyin doim ko‘zlarimiz qizargan holda uyg‘onamiz? Ammo bu ayzbergning bizga ko‘ringan qismidir. Surunkali uyqusizlik bir necha noxush holatlarga olib kelishi mumkin.
Quruq ko‘zlar sindromi. Ko‘zlar doimiy ravishda ko‘zyosh ishlab chiqaradi va bu yoshlar ko‘z yuzasini namlantirib turish vazifasini bajaradi. Uyquga to‘ymaslik ko‘zlardagi ushbu tabiiy funksiyani buzadi. Natijada ko‘z yosh bezlari yetarlicha suyuqlik ishlab chiqarilmaydi yoki ko‘z yoshlar ko‘z yuzasini namlantirishga ulgurmay bug‘lanib ketadi. Ba’zilarda bularning har ikkisi ham kuzatiladi. Natijada ko‘zlar quruq va qadalayotgandek bo‘laveradi.
Qon aylanishi bilan bog‘liq muammolar. Uyqu qon tomirlarining normal ishlashi uchun javobgardir. Uyqu sifatining buzilishi ko‘zlar to‘r pardasining qon bilan ta’minlanishini buzadi, bu esa ko‘rish qobiliyatining pasayishiga olib keladi.
Glaukomaga chalinish xavfining oshishi. Glaukoma — ko‘z ichki bosimining ko‘tarilishi natijasida ko‘z nerviga zarar yetkazadigan kasallik. Bu holat ko‘rishning pasayishiga va hatto ko‘rlikka olib kelishi mumkin. Tadqiqotlarga ko‘ra, surunkali uyqusizlik ushbu kasallik xavfini oshiradigan omillardan biridir.
Ko‘rish qobiliyatining pasayishi. Uyqusiz tundan keyin ko‘zlar xira ko‘ra boshlaydi. Bu holat muntazam davom etaversa, kasallik surunkali tus oladi.
Yoshga bog‘liq o‘zgarishlarning tezlashishi. Uyqu yetishmasligi tananing va ayniqsa ko‘z atrofidagi terining qarishini tezlashtiradi, natijada ajinlar erta paydo bo‘ladi.



