$
 12052.33
41.9
 14213.31
125.08
 153.71
2.46
weather
+26
Кечаси   +14°

Ukrainadagi urushda kamida 83 mingdan ortiq rus, 43 ming ukrain askari halok bo‘lgani aytildi

urush

Ukrainadagi urushda kamida 83 338 nafar rus askari halok bo‘lgan. Bu raqam 13-dekabr, juma kuni VVS rus xizmati tomonidan e’lon qilindi. “Mediazona” va ko‘ngillilar jamoasi bilan birgalikda u ochiq ma’lumotlarga asoslanib halok bo‘lganlarni hisoblamoqda. Ukraina esa 43 ming harbiyni yo‘qotgan, yana 370 ming kishi jarohatlangan.

Bu ko‘rsatkich halok bo‘lganlar haqiqiy sonining 45—65 foizi atrofida

Oxirgi ikki hafta ichida ro‘yxat 2 365 ta nom bilan to‘ldirildi. Ro‘yxatga faqat o‘limlari haqida ommaga ma’lum qilingan rossiyalik harbiylar kiradi. Jurnalistlar bu ko‘rsatkichni halok bo‘lganlar haqiqiy sonining 45—65 foizi atrofida baholamoqda. Bu ko‘rsatkich 128-185 ming kishi bo‘lishi mumkinligini anglatadi. Bu raqam o‘zini “LXR” va “DXR” deb e’lon qilgan hududlardagi qismlarda halok bo‘lganlarni hisobga olmaydi.

Urush boshlanganidan beri 4 467 nafar rus zobiti, jumladan, sakkiz general va 478 podpolkovnik va polkovnik o‘ldirilgani tasdiqlandi. Ko‘ngillilar Rossiya harbiylari orasida eng ko‘p yo‘qotishlarga duchor bo‘lgan (22 foiz). Keyin mahbuslar (18 foiz) va safarbar qilinganlar (12 foiz) turibdi.

Boshqirdiston — urushda halok bo‘lganlar bo‘yicha yetakchi

Rossiya Federatsiyasi hududlari orasida Boshqirdistondan halok bo‘lgan askarlarning soni eng ko‘p — 3 487 kishi. Ularning 40 foizi ko‘ngilli, 18 foizi mahkum, 14 foizi safarbar qilinganlar sifatida frontga ketgan.

VVS rus xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda mintaqadagi o‘rtacha ish haqi 46 751 rublni tashkil qilgan. Bu Ufa harbiy komissarligida shartnoma tuzish uchun bir martalik to‘lovdan 27 baravar kam. Va kontrakt bo‘yicha harbiylarning oylik maoshidan to‘rt baravar kam.

Ukrainada qurbonlar soni qancha?

Prezident Vladimir Zelenskiyning aytishicha, keng ko‘lamli urush boshlanganidan beri Ukraina 43 ming harbiyni yo‘qotgan, yana 370 ming kishi jarohatlangan. Shu bilan birga, Zelenskiy “armiyada yaradorlarning taxminan 50 foizi xizmatga qaytadi va bu ham yuqoridagi ro‘yxatda qayd etiladi. Ya’ni yaradorlarning umumiy sonida yengil jarohatlanganlar va takror frontga kirganlar ham aks etgan”.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya jami 750 ming harbiy xizmatchisini yo‘qotgan, jumladan 198 ming nafari halok bo‘lgan va 550 mingdan ortig‘i yaralangan.

Теги :
Jamiyat