Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☁ +19° kechasi +9°

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqilmoqda

Ushbu masala Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida muhokamaga qo‘yilgan.

1 daqiqa o‘qiladi

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqilmoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqilmoqda. 

“Davlat mukofotlari to‘g‘risida”gi qonunlarga ham o‘zgartirish kiritish rejalanmoqda

Ma’lum bo‘lishicha, qonun loyihasida turli sohalarda yuqori natijalarga erishib kelayotgan biznes vakillarini taqdirlash tizimini joriy etish maqsadida alohida davlat mukofotini ta’sis etish nazarda tutilmoqda.

Shuningdek, mazkur qonun loyihasi bilan bir qatorda “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvonini ta’sis etish va qonun hujjatlarida buning huquqiy asoslarini mustahkamlash, “O‘zbekiston Respublikasining faxriy unvonlarini ta’sis etish to‘g‘risida”gi va “Davlat mukofotlari to‘g‘risida”gi qonunlarga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish belgilanmoqda.