O'zbekistondagi 7 ta oliy ta'lim muassasa TOP-1000 talikka kiritildi
Buyuk Britaniyaning reyting tashkiloti “Times Higher Education" agentligi 2024-yil uchun e'lon qilgan reytingidan O'zbekistonning 53 ta oliy ta'lim muassasasi joy oldi.
1 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniyaning reyting tashkiloti “Times Higher Education" agentligi 2024-yil uchun e'lon qilgan reytingidan O'zbekistonning 53 ta oliy ta'lim muassasasi joy oldi.
Barqaror rivojlanish maqsadlariga qo'shgan hissasi uchun
Reyting universitetlarning Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan belgilangan 17 ta Barqaror Rivojlanish Maqsadlariga (BRM) qoʻshgan hissasini tahlil qildi. Unda bu yil O'zbekistonning 53 ta oliy ta'lim muassasi qayd etildi. Shulardan 7 tasi TOP-1000 talikdan joy oldi. Maʼlumot uchun, 2021-yilda eʼlon qilingan “THE Impact Rankings” reytingida yurtimizning 10 ta, 2022-yilda 30 ta, 2023-yilda esa 47 ta oliy taʼlim muassasalari oʻrin egallagan edi.
Reyting koʻrsatkichlari
Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti – 301–400-oʻrin
Toshkent davlat yuridik universiteti – 401–600-oʻrin
Oʻzbekiston milliy universiteti – 601–800-oʻrin
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti – 601–800-oʻrin
Samarqand davlat universiteti - 801–1000-oʻrin
Toshkent davlat texnika universiteti – 801–1000-oʻrin
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti – 801–1000-oʻrin
Reytingda Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti gender tengligi boʻyicha dunyoda 10-oʻrinni egalladi.



