Farg‘onada xodim ishga tiklanib, ma’naviy zarar pullari undirib berildi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining tegishli ijro hujjatiga asosan fuqaro A.B.ning o‘z vazifasiga tiklash va majburiy progul uchun 37.582.865 so‘m undirish haqida ish kelib tushgan.
2 daqiqa o‘qiladi

Unga bu puldan tashqari ma’naviy zarar uchun 8.000.000 so‘m undirib berilgan.
Undirish ishi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining tegishli ijro hujjatiga asosan fuqaro A.B.ning o‘z vazifasiga tiklash va majburiy progul uchun 37.582.865 so‘m, ma’naviy zarar uchun 8.000.000 so‘m, jami 45.616.865 so‘m undirish haqidagi ijro hujjati byuroning Farg‘ona shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida"gi qonunning 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilingan va taraflarga yuborilgan.
Qarzdorlik to‘liq undirildi
Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida, byuroning Farg‘ona shahar bo‘limi tomonidan 15.08.2024-yilda qarzdor tashkilotdan jami 45.616.865 so‘m miqdoridagi qarzdorlik to‘liq undirildi, shuningdek xodim o‘z lavozimiga tiklandi va ijro ishi tamomlandi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Marg‘ilon tumanlararo sudining 28.07.2024-yildagi ijro varaqasiga asosan da’vogar M.X. foydasiga javobgar Sh.U.ga nisbatan Kobalt avtomashinasini umumiy mulk deb topish, avtomashinadagi hissasi hisobiga 10.726.419 so‘m hissa 680.000 so‘m sud xarajatlari, 544.000 ekspertiza xarajati va 34.000 so‘m pochta xarajati undirish belgilangan.
Ijrosi ta’minlanmagan qarzdorlik
Mazkur ijro hujjati bo‘yicha Byuroning Marg‘ilon shahar bo‘limi tomonidan qarzdor Sh.U.ga sud qarori ijrosini ixtiyoriy ravishda ta’minlash bo‘yicha ixtiyoriy muddat belgilab berilgan, biroq ijrosi ta’minlanmagan.
Shunga ko‘ra, majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli Kobalt avtomashinasi xatlab qo‘yilayotgan vaqtga kelib belgilangan qarzlarni to‘lab berishini ma’lum qilgan.
Qarzdor tomonidan 10.726.419 so‘m hissadagi qarz to‘liq undirilib, undiruvchining plastik karta raqamiga o‘tkazib berilishi ta’minlandi. Yuritilgan ijro hujjati bo‘yicha ish yurituvi tamomlandi.



