Juma, 23-oktabr, 2026
Havo 72 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +18° kechasi +8°

Umra mavsumi qachondan boshlanishi eʼlon qilindi

Ziyoratchilar Madina shahrida 3 kun, Makka shahrida esa 7 kun bo‘ladi.

1 daqiqa o‘qiladi

Umra mavsumi qachondan boshlanishi eʼlon qilindi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Umra mavsumi 10-sentyabrdan boshlanishini eʼlon qildi.

Navbatdagi mavsum 

Unga ko‘ra, 10-sentabr kunidan O‘zbekiston musulmonlari idorasi va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan tashkil etiladigan “Umra – 2024”ning navbatdagi mavsumi boshlanadi. 

Hamyurtlarimiz Uzbekistan Airways aviakompaniyasi orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarda Saudiya Arabistoniga olib boriladi.

Ziyoratchilar qaysi mehmonhonalarda qoladi?

Ziyoratchilar Madina shahrida 3 kun, Makka shahrida esa 7 kun bo‘ladi. Mavsum davomida tajribali ishchi guruhi va imom-xatiblardan iborat ellikboshilar hamda malakali shifokorlar ularga hamroh bo‘ladi.

Madina shahrida Grand Shahba, Makka shahrida esa Marmara Group Hotel mehmonxonalarida yurtdoshlar istiqomat qiladi.

Mehmonxonalar 3-4 o‘rinli bo‘lib, 3 mahal taomlar, shirinlik va sarxil mevalar tortiq qilinadi.

24 soatlik faoliyat

Mazkur shaharlarda muborak qadamjolarga ziyorat tashkil etiladi. Mehmonxonalarda tibbiyot punktlari, transport xizmati va ishchi guruhlari shtablari 24 soat davomida faoliyat yuritadi. Safar yakunida zam-zam suvi hadya qilinadi.