$
 12777.52
-54.29
 14590.65
-15.8
 161.54
-2.21
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

“Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi” jarimaga tortildi

TYVQTZ

“Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi” (TYVQTZ) AJga nisbatan moliyaviy jarima qo‘llandi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xabar bermoqda.

Savdolarda raqobatni cheklashga qarshi talablar buzilgan

Keltirilishicha, AJ tomonidan maxsus axborot portallari orqali 2024-yilda jami 2,8 mlrd. so‘mdan ortiq o‘tkazilgan tender savdolari yuzasidan o‘rganish olib borilgan.

Natijada buyurtmachi tashkilot, ya’ni mazkur AJ “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning 29-moddasi (Savdolarda raqobatni cheklashga qarshi talablar) talablarini buzgani aniqlangan.

Ish sudga jo‘natildi

Mazkur holat bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan hamda natijasi bo‘yicha moliyaviy jarima qo‘llash yuzasidan qaror qabul qilinib, qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berilgan.

Shuningdek, qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxsga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ko‘rib chiqish uchun tegishli tartibda sudga jo‘natildi, deyiladi xabarda.

Теги :
Jamiyat