$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘tovli oromgohlar: Navoiyda birinchi safari turizm klasteri tashkil etildi

positive

Konimex tumanida ochilgan “Yurt Camp Sputnik Navoi” o‘tovli oromgohi haqida Turizm qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ilk safari turzm klasteri

O‘zbekistondagi birinchi safari turizm klasteri olis cho‘l hududidagi 2 gektar maydonda tashkil etilgan. Oromgoh joylashuv jihatidan qulay hududda tashkil etilgan bo‘lib, sifatli asbob-uskunalar jihozlangan.

Turizm obyektida bir vaqtning o‘zida 500 nafar sayyohga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega hamda hududda 150 o‘ringa mo‘ljallangan 30ta o‘tov qurilgan.

O‘zbekistondagi eng yirik o‘tovli oromgoh

Navoiy viloyatida tashkil etilgan o‘tovli oromgohlar hamda safari turizm obyektlari kattaligi va soni jihatdan O‘zbekistonda birinchi o‘rinda turishi qayd etilmoqda. Viloyatda jami 855 o‘ringa ega 7ta o‘tov lagerlar faoliyat yuritadi.

“Bu esa, o‘z navbatida, dam oluvchilarning xavfsizligini ta’minlash va ularga qulay sharoit yaratishga qaratilganligi, zamonaviy usullarda bunyod etilganligi bilan nafaqat mahalliy balki xorijiy sayyohlarni ham jalb etmoqda”, — deyiladi qo‘mita xabarida.

Bu boradagi prezident qarori

Yil boshida prezident O‘zbekistonda ekologik turizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorni imzolagan edi.

Unga ko‘ra, ekohududlarda joylashgan yerlar toifasi o‘zgartirilmagan holda turistik klasterlar tashkil etish uchun 10 yilga ijaraga beriladi. Yerlarni “E-auksion” orqali faoliyat ko‘rsatish muddatini keyinchalik uzaytirish imkoniyati yaratilgan.

Bundan tashqari, 2027-yilgacha cho‘l hududlarida rekreatsion turistik xizmatlarni ko‘rsatuvchi kurort zonalarini (toifali mehmonxonalar, SPA-mehmonxonalar, sanatoriy va pansionatlar) tashkil qilgan tadbirkorlar 3 yil davomida foyda solig‘ini va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini belgilangan stavkalarga nisbatan 50%ga kamaytirilgan soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi.

Теги :
Jamiyat