$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Transyog‘ qurbonlari

Transyog‘lar

Transyog‘lar. Odatda, bu mahsulotni siz kundalik istemol qiladigan yeguliklaringizda uchratasiz. Umuman olganda sezilmas, lekin jiddiy xavf tug‘diruvchi mahsulot. JSST ma’lumotiga ko‘ra, butun dunyoda 5 millard inson transyog‘larning zararli ta’siridan himoyalanmagan.

U o‘zi nima?

Transyog‘lar – sanoat yoki tabiiy to‘yinmagan yog‘li kislotalar. Sanoatda ishlab chiqarilgan ushbu mahsulot margarin, o‘simlik yog‘lari, qovurilgan taom va pishiriqlar, xususan, krakerlar, pechenye va piroglarda mavjud. Tabiiy transyog‘lar kavsh qaytaruvchi hayvonlar, masalan, sigir, qo‘y, echki go‘shti va ulardan olinadigan sut mahsulotlarida bo‘ladi. Sanoatdagi va tabiiy transyog‘larning ikkisi ham birdek zararli.

Sezilarli o‘sish

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti so‘nggi yillarda transyog‘lardan foydalanish sezilarli darajada oshganligidan havotirda. Chunki ular odatda organizm uchun foydali yog‘larga qaraganda arzonroq va qator kimyoviy va fizik xususiyatlarga ega. Masalan, xona haroratida qattiq holatda saqlanib qoladi, shu sabab ularni turli xil qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlariga qo‘shish qulay.

Transyog‘larning zararlari

Olimlar bu borada ko‘plab tadqiqotlar o‘tkazishadi. Unga ko‘ra, transyog‘lar kasallik keltirib chiqaribgina qolmay, tanada uxlab yotgan kasalliklarga ham turtki bo‘ladi. Shuningdek, ular yurak kasalliklari, diabet, altsgeymer, semirish, jigar kasalliklari va hatto, depressiyani keltirib chiqarishi mumkin.

Bundan tashqari, transyog‘lar o‘lim xavfini 34 foizga oshiradi. Ulardan har kuni olinadigan qo‘shimcha har bir foiz energiya yurak qon tomir kasalliklari oqibatida kelib chiqadigan o‘limni 12 foizga ko‘paytiradi.

Yiliga 278 mingdan ortiq o‘lim

JSSTning yangi hisobotida aytilishicha, dunyo bo‘ylab besh milliard odam ushbu yog‘larning zararli ta’siridan himoyalanmagan bo‘lib, bu yurak xastaliklari va o‘lim xavfini oshiradi. Har yili sanoatda ishlab chiqarilgan transyog‘lar dunyo bo‘ylab 278 mingdan ortiq o‘limga sabab bo‘lmoqda.

JSSTdan tavfsiya

Olimlar mazkur turdagi yog‘larni taqiqlash yoki uni kunlik energiya miqdorining 1 foizigacha kamaytirishni tavsiya qiladi. Ya’ni, kunlik ratsionda 2000 kaloriya bo‘lsa, transyog‘lar 2,2 grammga to‘g‘ri kelishi lozim. Ularni salomatlik uchun foydali yog‘lar bilan almashtirish mumkin.

Ilg‘or tajribaga asoslanib, JSST davlatlar uchun ikkita variantni tavsiya qiladi:

- barcha oziq-ovqat mahsulotlarida sanoatda ishlab chiqarilgan transyog‘lar umumiy yog‘ miqdorining 100 gr uchun 2 gr dan ko‘p bo‘lmagan majburiy umummilliy cheklovni joriy etish;

- transyog‘larning asosiy manbalaridan biri bo‘lgan qisman gidrogenlangan moylar ishlab chiqarish yoki ularni har qanday oziq-ovqat mahsulotida ishlatishni majburiy umummilliy taqiqlashni joriy etish.

Qator mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, majburiy cheklovlar ixtiyoriy cheklovlardan farqli o‘laroq, oziq-ovqat mahsulotlaridagi transyog‘lar miqdorini va ularni aholi tomonidan iste’mol qilishni kamaytirishda ancha samarali.