Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 96 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +14° kechasi +9°

Qurbon hayiti munosabati bilan avtotransportlarga cheklovlar qo‘yilmoqda

Toshkentda hayit kunlari 121 ta masjid atrofidagi yo'llarda transport vositalari harakati vaqtincha to'xtatiladi

2 daqiqa o‘qiladi

Qurbon hayiti munosabati bilan avtotransportlarga cheklovlar qo‘yilmoqda

Toshkentda hayit namozi o'qilishi munosabati bilan 16-iyun kuni soat 00:00 dan 7:00 gacha poytaxtdagi masjidlar atrofida transport vositalari harakati vaqtincha to'xtatiladi.

Poytaxtning quyidagi ko‘chalari va yo‘llarda avtotransport vositalarining harakati to‘liq cheklanadi:

Mirzo Ulug‘bek tumani: 

“To‘ra buva” masjidi oldidagi Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi—Sho‘rtepa ko‘chasidan, Buyuk Ipak yo‘li—Sultoniya ko‘chasigacha. 

Bektemir tumani: 

“Xo‘ton” masjidi oldidagi Bektemir shoh ko‘chasi—Husayn Boyqaro ko‘chasidan Bektemir yo‘li ko‘chasigacha. 

Olmazor tumani: 

“Islomobod” masjidi oldidagi KHAY ko‘chasi—KHAY—Sag‘bon ko‘chalari chorrahasidan, Nurafshon—Sag‘bon ko‘chalari chorrahasigacha. 

“Hazrati imom” masjidi oldidagi Qorasaroy ko‘chasi—Qorasaroy—Nurafshon ko‘chalari chorrahasidan, Qorasaroy—Abdulla Qodiriy ko‘chalari chorrahasigacha. 

Shayxontohur tumani: 

“Shayx Zayniddin” masjidi oldidagi Ko‘kcha Darvoza—Nurafshon ko‘chalari chorrahasidan Ko‘kcha Darvoza—Beshqayrag‘och ko‘chalari chorrahasigacha. 

“Xo‘ja Alambardor” masjidi oldidagi Bunyodkor—Kamolon ko‘chalari chorrahasidan Kamolon—Ustazoda 2-tor ko‘chalari chorrahasigacha. 

“Kox ota” masjidi oldidagi Sebzor ko‘chasi—Nurafshon—Sebzor ko‘chalari chorrahasidan Nurafshon—Labzak ko‘chalari chorrahasigacha. 

Chilonzor tumani: 

“Ubay ibn Kaʼb” masjidi oldidagi Al-Xorazmiy ko‘chasi—Al Xorazmiy—Xirmontepa ko‘chalari chorrahasidan Al Xorazmiy—Katta qa’ni chorrahasigacha. 

“Katta Qozirobod” masjidi oldidagi Chilonzor ko‘chasi—Chilonzor—Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan Chilonzor—Nurxon ko‘chalari chorrahasigacha. 

“Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” masjidi oldidagi So‘galli ota ko‘chasi—Al-Xorazmiy—So‘galli ota ko‘chalari kesishmasidan Xonobod 2-berk ko‘chasidan—So‘galli ota ko‘chasigacha. 

“Novza” masjidi oldidagi Bunyodkor—Muqimiy ko‘chalari kesishgan ko‘prik ostidan Oliy Majlis binosi qarshisigacha bo‘lgan yo‘lda harakat cheklanadi. 

Uchtepa tumani: 

“Abdulloh ibn Maʼsud” masjidi oldidagi Lutfiy ko‘chasi—Lutfiy—Xirmontepa ko‘chalari chorrahasidan Lutfiy—Katta qaʼni ko‘chalari chorrahasigacha. 

“Hazrati Ali” masjidi Nazarbek—Mahorat ko‘chalari chorrahasidan Nazarbek—Zamaxshariy 1-tor ko‘chalari chorrahasigacha. 

Yunusobod tumani: 

“Minor” masjidi oldidagi KHAY ko‘chasi—KHAY va Ko‘rgazma ko‘chalari chorrahasidan KHAY—Sh.Rashidov ko‘chalari chorrahasigacha. 

“Mirzo Yusuf” masjidi oldidagi Bog‘ishamol ko‘chasi—Bog‘ishamol ko‘chasidan Shivli ko‘chasigacha. 

Yakkasaroy tumani:

“Usmon bin Maʼzun” masjidi oldidagi KHAY ko‘chasi—KHAY—Qushbegi chorrahasidan KHAY—Fayzli Toshkent ko‘chalari chorrahasigacha.

Yashnobod tumani:

“Islom ota” masjidi oldidagi Farg‘ona yo‘li ko‘chasi—Farg‘ona yo‘li—Fitrat ko‘chalari chorrahasidan Farg‘ona yo‘li—Tolimarjon ko‘chalari chorrahasigacha.

“Ali ibn Abu Tolib” masjidi oldidagi Cho‘lpon ko‘chasi—Imom Buxoriy—Cho‘lpon ko‘chalari chorrahasidan, Cho‘lpon—Salohiyat ko‘chalari chorrahasigacha.  

Mirobod tumani:

“Qo‘yliq ota” masjidi oldidagi THAY ko‘chasi—“Qo‘yliq” bozori ko‘prik ostidan THAY va Munis ko‘chalari chorrahasigacha cheklanadi.

Shuningdek, 16-iyun soat 00:00 dan 10:00 ga qadar Toshkentda barcha turdagi yuk transport vositalarining harakati (kirish-chiqish-shahar ichida harakatlanish) vaqtincha cheklanadi.