$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

“Olimpikchilar”nig “Paxtakor”ga ko'chishi, vataniga qaytgan “o'zbek Ronaldusi”, APL vakili qarorgohidan qaytgan yulduz: O‘zbekistonda yozgi transfer oynasi yopildi

Transferlar oyinasi

Ayni dam dunyoda futbol katta tanaffusga chiqqan. Barcha jamoalar yangi mavsum va ikkinchi davra taraddudida. Transfer bozori qaynamoqda. Insayderlarning kuni "tug‘gan palla". O‘zbekistonda ham jamoalar ikkinchi davra oldidan bir qator o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazib, turli xil "keldi-ketdilar"ni amalga oshirishdi. 2-iyul oqshomidan boshlab O‘zbekistonda rasman yozgi transfer oynasi ochilgan va u 30-iyulga qadar davom etdi. Bugun oqshom ushbu jarayon rasman yakunlandi. Bu muddat davomida jamoalar o‘zlari uchun ma’qul bo‘lgan futbolchilarni tarkiblariga qo‘shib olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Xo‘sh, ayni damga qadar o‘zbek futbolida qanday transferlar amalga oshdi?

Transferlar oyinasi

Keling, mavzuga kirishdan oldin atamaning to‘liq mazmuni bilan tanishib olsak. Futbol olamida “transferlar oyinasi” degan tushuncha bor. U futbolchilarning ma’lum bir faoliyat olib borayotgan klubidan boshqa jamoaga shartnoma tuzilgan holda “ko‘chib o‘tish”i uchun ruxsat berilgan belgilangan vaqtga nisbatan ishlatiladi. Sodda qilib aytganda, Falonchining Tugunchi jamoaga o‘tishi uchun chempionat tomonidan ruxsat berilgan muddat. Bu mavzuga chuqur kirishsak, gap ko‘p. Yaxshisi soddalashtirilgan holda maqolamizni davom ettiramiz. Shunday qilib, bu muddatda futbol ishqibozlari kunora ko‘plab qiziqarli yangiliklarni qabul qiladi. Odatda har qanday transfer muzokarasi bir paytning o‘zida uchta muhim yo‘nalishda olib boriladi. 1. Sotuvchi va sotib oluvchi klublar o‘rtasida transfer narxini kelishish; 2. Sotib oluvchi klub va futbolchining agenti o‘rtasida futbolchining shaxsiy shartnomasi bo‘yicha; 3. Sotib oluvchi klub va futbolchining agenti o‘rtasida, agentga to‘lanadigan to‘lovning hajmi bo‘yicha. 

Transfer oldi kelishuvlari 

Tarmoqda yangiliklarni kuzatar ekansiz, transferlar oynasi ochilmagan vaqtda ham ba’zi futbolchilarning qaysidir jamoa bilan shartnoma imzolagani hamda boshqa klubga o‘tayotgani haqidagi xabarlarga ro‘baro‘ kelasiz. Masalan, “Nasaf” bundan avvalgi mavsum oralig‘ida Islom Kenjaboyevning transferini e’lon qilgandi. Klub aslida 18-dekabrgacha yangi transferni ro‘yxatga olishi mumkin emas, ammo bu klubga futbolchi bilan kelishish, shartnoma imzolashga xalaqit bermaydi. 

Superliga transferlari

Meningcha, endi o‘zbek futbolidagi transferlarga yuzlansak bo‘ladi. Jamoalardagi vaziyatni birma-bir o‘rganib chiqamiz. Bunda birinchi davra yakuniga ko‘ra turnir jadvalida hosil bo‘lgan ketma-ketlikka amal qilamiz. 

"Nasaf"

Keldi: Dilshod Komilov, Shoxjahon Sultonmurodov, Valentino Yuel, Stefan Kolovich

Ketdi: Temur Chogadze

OKMK 

Keldi: Kleydi Datsi, Mixael Klepach

Ketdi: Murodjon Toshmatov, Milan Shkrbich, Farruhjon Qodirov, Sunnatillo Abdug‘aniyev, Shoxruh Abduhalilov, Asadbek Rahimjonov, Jahongir Fozilov 

"So‘g‘diyona"

Keldi: Suhrob Izzatov, Umid Sultonov

Ketdi: Mirjalol Abdumutalov

"Paxtakor"

Keldi: Abdurauf Bo‘riyev, Ibrohim Ibragimov, Otabek Jo‘raqo‘ziyev, Abdulla Abdullayev, Ulug‘bek Hoshimov, Mahmud Mahamadjonov 

Ketdi: Abbos Ergashboyev, Abubakr Ashurov (ijara), Sunnat Poyonov (ijara)

"Andijon"

Keldi: Vagiz Galiulin, Abinur Nurimbet, O‘ktam Abdumalikov, Damir Temirov, Lyubisha Petsel

Ketdi: Armin Boshnyak, Nodari Kavtaradze, Suhrob Berdiyev, Sunnatilla Abdullajonov, Damir Imeri, Sherzod Esanov, Shahboz Erkinov 

"Navbahor"

Keldi: Davron Olimjonov, Asadbek Jo‘raboyev, Sanjjar Quvvatov, Eldor Suyunov, Sardor Rashidov, Saidazamat Mirsaidov

Ketdi: Shodiyor Shodiboyev, Ozodbek O‘ktamov, Asadbek Sobirjonov

"Olimpik"

Keldi: Ulug‘bek Sharipov, Obloyorbek Rahmatov, Mirkomil Abdurazzoqov, Anvarjon Alijonov, Sherzodjon Komilov, Temur Tulagenov, Akbar O‘ktamov

Ketdi: Otabek Jo‘raqo‘ziyev, Ibrohim Ibragimov, Abdurauf Bo‘riyev, Temur Mamasidiqov, Hamidullo Abdunabiyev, Aleksandr Zevadinov, Asadbek Rahimjonov

"Neftchi"

Keldi: Quvondiq Ro‘ziyev, Aziz Amonov, Sardor Abduraimov, Oyatillo Obidjonov, Bayram Najafaliyev, Azamatjon Tolibjonov, Feruzbek Anvarov

Ketdi: Katalin Karp, Sanjar Quvvatov, Javohir Qosimov, Abdulaziz Salohiddinov, Muhamamdali Xolmatov, Miraziz Mahamadaliyev, Faxriddin Muhammadov

"Surxon"

Keldi: Farruh Ikromov, Tamirlan Jamalutdinov Jamaldin Xodjaniyazov, Alisher Jo‘raboyev, Diyor Jaloliddinov, Mirjalol Abdumutalov

Ketdi: Silvanus Nimeli, Aziz Pirmuhammadov, Shohjahon Sultonmurodov, Ulug‘bek Hoshimov

"Qizilqum"

Keldi: Asror G‘ofurov, Farruh Jo‘rayev, Xo‘jamurod Tursunov

Ketdi: Sherzod Fayziyev, Shahboz Jo‘rabekov

"Dinamo"

Keldi: Jahongir O‘rozov, Maykon Duglas, Muhammadali Tursunov 

Ketdi: Farruh Ikromov, Husniddin G‘ofurov, Xurshid Ubaydullayev, Artyom Sokal, Bobur Yorbekov, Azamat Halilov, Emmanuel Yagr, Damir Temirov 

"Lokomotiv"

Keldi: Rustam Xolnazarov, Dilshod Jo‘rayev, Valeriy Kichin, Mixail Gashenkov, Konstantin Bazelyuk, Ozodbek O‘ktamov, Shodiyor Shodiboyev

Ketdi: Izzatilla Abdullayev, Damyan Krayishnik, Ivan Bulatovich, Sherzod Komilov, Dilshod Komilov

"Bunyodkor"

Keldi: Bobur Yo‘ldoshev, Aleksandr Zevadinov, Shahboz Jo‘rabekov, Hamidullo Abdunabiyev, Asadbek Rahimjonov, Andriya Filippovich, Luis Kachorri, Ahmadullo Muqimjonov

Ketdi: Amirbek Saidov, Samir Zelkovich, Toni Yovich, Farhod O‘tkurov, Umid Sultonov, Suhrob Izzatov, Mahmud Mahamadjonov 

"Metallurg"

Keldi: Murodjon Toshmatov, Odil Abdumajidov, Asadbek Sobirjonov, Aleksandr Lobanov, Balsha Sekulich, Davron Hoshimov, Azizbek Pirmuhammadov 

Ketdi: Boban Jorjevich, Davron Ergashev, Sardor Abduraimov, Mirg‘iyos Sulaymono

Maqolani tayyorlashda Champoant.asia nashri manbalaridan foydalanildi.