$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

FIFA SSKAga transfer taqiqi qo‘ydi: Fayzullayevning taqdiri endi nima bo‘ladi?

Abbos

FIFA Rossiyaning SSKA klubiga kelasi uchta transfer oynasi uchun transfer taqiqi qo‘ydi. Moskva klubi 2026-yilning yoziga qadar yangi transferlarini ro‘yxatdan o‘tkaza olmaydi.

FIFA taqiqi

Tashkilot rasmiy sayti xabariga ko‘ra, yangi o‘yinchilarni jamoa safiga qo‘shib olishga 14 noyabr kunidan taqiq belgilangan. Rossiyaning yana ikki klubi "Ximki" va "Kuban"ga ham taqiq qo‘yilgan. SSKAdagi taqiq 14-noyabrdan, "Ximki"niki 15-noyabrdan boshlanadi, "Kuban"dagi taqiq esa 12-iyuldan boshlangan. "Ximki" tarkibida yana bir o‘zbekistonlik futbolchi Alisher Odilov to‘p tepadi. SSKA va "Ximki" klublari navbatdagi 3ta transfer oynasida yangi o‘yinchilar bilan shartnoma tuza olishmaydi, "Kuban" esa to FIFA ruxsat bermaguncha transferlarni amalga oshira olmaydi.

Taqiq sababi

Manbalarining yozishicha, bunga SSKAning Chidera Ejukeni "Xerenven"dan sotib olib, transfer summasining so‘nggi qismini, ya’ni, 3 mln yevroni o‘tkazib bermagani sabab bo‘lgan. Moskva klubi esa sanksiyalar sababli pullarni o‘tkazib bera olmagan. Futbolchi 2020-yilda 11,5 mln yevro evaziga armiyachilar tarkibiga borib qo‘shilgan, 2024-yil yozida esa erkin agent sifatida "Sevilya"ga o‘tib ketgandi. SSKA "Vest Xem"dan Nikola Vlashichning transfer summasini "Xerenven"ga o‘tkazib berishini so‘ragan, biroq London klubi bunga rad javobini bergan. Xorvatiyalik futbolchi 2021-yil avgustida 30 mln yevro evaziga "Vest Xem"ga transfer qilingandi.

Файзуллаев считает, что ЦСКА не уступает «Зениту» по составу

FIFA taqiqi Abbos Fayzullayevga qanchalik ta’sir qiladi?

"Sila Lawyers" huquqshunosi Sergey Lisenko FIFAning SSKAga 2-yil davomida transfer taqiqi qo‘yganligi borasidagi holatga izoh berdi. "FIFA Reglamentiga qaraydigan bo‘lsak, bu futbolchining jamoa tarkibiga qo‘shib olinishi va yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishini taqiqlaydi va jamoa futbolchilarining SSKA PFKdan ketib, boshqa jamoaga o‘tishiga to‘sqinlik qilmaydi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, futbolchilarning va Abbosbek Fayzullayevning SSKAdan ketishiga hech qanday to‘siq yo‘q. Faqatgina ikki klub kelisha olishi va bunga futbolchi rozi bo‘lsa kifoya. Lekin SSKAning bunday yo‘l tutishi juda qiyin, chunki klub ketadigan futbolchining o‘rnini to‘ldira olmaydi va yangi futbolchini ro‘yxatdan o‘tkaza olmaydi", — deya izoh bergan huquqshunos.

Fransiya jamoasi qiziqishi

Avvalroq Abbosbek Fayzullayevga Fransiya chempionatining “Monako” hamda Ispaniya LaLigasining “Real Sosiyedad” jamoalaridan qiziqish bo‘layotganini ma'lum qilgan edik. Unga ko'ra, klub Abbosbek Fayzullayev uchun 15 million yevro to‘lashga tayyor. “Agar Abbosbek Fayzullayevga “Monako”dan shunday taklif tushadigan bo‘lsa, o‘ylab o‘tirmay ketishi kerak. SSKAning o‘zi ham buncha mablag‘ evaziga uni qo‘yib yuborishi aniq. Bugungi sharoitda 15 million yevro – katta pul. Namuna uchun uzoqqa bormaylik, “Monako”da o‘ynayotgan Aleksandr Golovin yaqqol misol. Agar bu transfer amalga oshsa, Fayzullayev uchun top-ligaga yo‘l ochiladi” — deydi Rossiya terma jamoasi va “Selta” klubi sobiq futbolchisi Aleksandr Mostovoy. 

Полузащитник ЦСКА Аббосбек Файзуллаев перейдёт в «Вильярреал»

“Real Sosiedad” qiziqishi

Yana bir manba Metaratingsning e’lon qilgan axborotiga ko‘ra, sirdaryolik yosh futbolchiga Ispaniyaning “Real Sosiedad” jamoasi ham qiziqish bildirmoqda. Qiziqarlisi, futbolchining o‘zi ham intervyularida ispan futbolini o‘zi uchun ma’qul ko‘rishini va ispan tilini o‘rganayotganini ma’lum qilgan. Agarda moliyaviy tomonlama kelishuvlar o‘z o‘rnida bo‘lsa, futbolchi ko‘p ehtimol Ispaniya jamoasi taklifini tanlashi mumkin.

Теги :
Jamiyat