$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Andijonda sport maktabi murabbiyi ishqiy munosabatdagi xabarlarni tarqatmaslik evaziga 7 ming dollar so‘radi

Tovlamachi shaxs Tovlamachi shaxs

Andijonda maktab murabbiyi o‘zganing shaxsiy munosabatlaridan foydalanib, tovlamachilik qilmoqchi bo‘lganligi fosh etildi.

Ma’lumotlarni oila a’zolariga tarqatish bilan qo‘rqitgan

Ma’lum bo‘lishicha, Andijon viloyati Andijon tumanidagi Bolalar va o‘smirlar sport maktabi murabbiyi o‘zining bir nafar jinoiy sherigi Andijon tumanidagi yashovchi fuqaroning bir ayol bilan ishqiy munosabatda bo‘lganligi to‘g‘risidagi audioyozuvlarni ayolning oila a’zolariga va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ko‘rsatib, sharmanda qilishini aytgan. Bu ishni qilmaslik evaziga 7 ming AQSH dollari talab qilgan. 

Shuningdek, o‘tkazilgan tezkor tadbirda u talab qilingan pullarni olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Avvalroq 3 ming dollar ham olgan

Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv ishlari davomida sport maktabi murabbiyi va uning sherigi shu yilning iyun oyida fuqaroning sir saqlanishi kerak bo‘lgan ma’lumotlarini oshkor qilmaslik evaziga 3 ming AQSH dollarini ham tovlamachilik yo‘llari bilan olganligi ma’lum bo‘lgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 165-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Теги :
Jamiyat