Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +19° kechasi +9°

300 million so’mga yaqin kafolatlanmagan tibbiy xizmatlar ko’rsatilgani aniqlandi

Bunda 600 mingdan ortiq iste’molchining huquqlari buzilgan.

1 daqiqa o‘qiladi

300 million so’mga yaqin kafolatlanmagan tibbiy xizmatlar ko’rsatilgani aniqlandi

Ko‘riklar tahlili

Raqobat qo‘mitasi tomonidan iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish borasida respublikamiz miqyosida faoliyat yuritayotgan tibbiyot muassasalarida tibbiyot uchun mo‘ljallangan o‘lchash va sinash vositalarining metrologik ko‘rikdan o‘tkazilganligi holati tahlil qilindi.  

Jumladan, Navoiy, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlaridagi tibbiyot muassasalarida o‘tkazilgan tahlil natijalariga ko‘ra, o‘tgan davr mobaynida o‘lchash va sinash vositalarini o‘z vaqtida metrologik ko‘rikdan o‘tkazilmaganligi holatlari aniqlandi.

 600 mingdan ortiq iste’molchilar huquqi buzilgan

Raqobat qo‘mitasi tomonidan metrologik ko‘rikdan o‘tkazilmagan tibbiy sinash va o‘lchash vositalaridan foydalanib jami 600 mingdan ortiq iste’molchilarga 300 mln so‘mga yaqin kafolatlanmagan xizmatlar ko‘rsatilganligi aniqlangan. 

 Bu bilan tibbiyot muassasalari O‘zbekiston Respublikasi "Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi Qonunining 4, 12, 19, 20 va 27 moddalari talablariga zid ravishda ish tutgan deb topilib, Vazirlar Mahkamasining 225-sonli qaroriga muvofiq yuqoridagi tibbiyot muassasalariga nisbatan ish qo‘zg‘atildi.

Javobgarlik

Qonunbuzarlik holatini bartaraf etish yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi hamda qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan 8 ta mas’ul mansabdor shaxslarga nisbatan ma’muriy javobgarlik choralarini ko‘rish yuzasidan hujjatlar tegishli tartibda sud organlariga yuborildi.