MDH davlatlaridan birida terakt uyushtirmoqchi bo‘lgan erkak ushlandi
Ayblanuvchi Qirg‘iziston fuqarosi bo‘lib, o‘z mamlakatida ushlangan.
1 daqiqa o‘qiladi

Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH) davlatlaridan birida terakt uyushtirmoqchi bo‘lgan erkak qo‘lga olindi. Bu haqda “24.kg” xabar berdi.
Gumonlanuvchi xalqaro terrorchi tashkilot a’zosi ekanligi aytilmoqda
Ayblanuvchi Qirg‘iziston fuqarosi bo‘lib, o‘z mamlakatida ushlangan. U xalqaro terrorchi tashkilot a’zosi bo‘lib, hozirda tergov izolyatorida saqlanmoqda. Erkak MDH davlatlaridan birida yashirin guruh tarkibida terakt uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rganlikda gumon qilingan.
Uning harakatlari Telegram orqali amalga oshirilgan
Uning yashirin Telegram akkauntlari orqali qilgan barcha harakatlari terrorchi tashkilotlardan birining emissarlari tomonidan muvofiqlashtirilgan. Jinoyatni sodir etishga urinishdan oldin N.R. xalqaro terror tashkiloti rahbariga sodiqlikka qasamyod qilgan.
Jinoyat ishi doirasida Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi razvedka xizmatlari bilan birgalikda terrorchilik guruhining boshqa ishtirokchilariga nisbatan surishtiruv ishlarini olib bormoqda.



