Shanba, 17-oktabr, 2026
Havo 85 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +15° kechasi +10°

O‘zbekistonlik 3 nafar talaba xalqaro terroristik tashkilotga qo‘shilmoqchi bo‘ldi

Samarqandlik 3 nafar talaba Isroil-Falastin urushiga qatnashish maqsadida Turkiya orqali Suriyaga chiqib ketmoqchi bo‘lganida qo‘lga olindi.

1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik 3 nafar talaba xalqaro terroristik tashkilotga qo‘shilmoqchi bo‘ldi

Bu haqda Zamon dasturida xabar berildi.

“O‘zimiz qiziqib yurardik”

Ma’lum qilinishicha, talabalar hijrat, jihod kabi tushunchalar ortidan Isroil-Falastin urushiga qatnashmoqchi bo‘lishgan.


“Isroil-Falastin urushi boshlandi. Musulmonlarning qirg‘in bo‘layotganini ko‘rib, ko‘nglibo‘shlik qildim. Ba’zi domlalarning fitnalariga uchib, Suriya davlati orqali Falastinga chiqib ketmoqchi bo‘ldim", 

— deydi yigitlardan biri.

Milliy universitetining talabalari

Yigitlar Kattaqo‘rg‘on, Jizzax va Toshkent viloyatidan ekanligi aniqlangan. Ular Milliy universitetning Fizika fakultetida o‘qigan.

“O‘zimiz qiziqib yurardik. Asosiy sabablardan biri Isroil-Falastin urushi bo‘ldi. O‘z taqdirimga bolta urib qo‘ydim”,

— deydi yigitlardan yana biri.

Turkiyada qo‘lga olindi

Yigitlar Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qo‘lga olinib, O‘zbekistonga deportatsiya qilingan.

Aniqlanishicha ular ijtimoiy tarmoqlarda taqiqlangan videolarni ko‘rib, terrorchilik tashkilotining g‘oyaviy rahnomalarining ma’ruzalarini tinglagan.

Ota-onalari

Samarqandlik yigitning onasi o‘g‘lining bu ishiga munosabat bildirdi:

"O‘g‘lim oxirgi paytlarda urush haqida tez-tez gap ochishni boshlagandi. Qandaydir xomush bo‘lib qolgan edi. U faqat Falastin urushi haqida gapirar edi. Bu narsalarni oddiy aytib beryapti deb o‘ylaganman", 

— deydi yigitning onasi.

Berilgan jazo

Yigitlar sudda aybini tan olgan. Sud tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan yigitlarning biriga 2-yil, biriga 5-yil olti oy va yana biriga 6-yilga qamoq jazosi tayinlandi.