Shanba, 17-oktabr, 2026
Havo 87 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +18° kechasi +10°

612 ta tenderlarda 378 ta qonun buzilish holatlari aniqlandi

Bunda 842,08 mlrd. so‘mlik tenderlar yuzasidan tahlillar o‘kazildi.

1 daqiqa o‘qiladi

612 ta tenderlarda 378 ta qonun buzilish holatlari aniqlandi

Raqobat qo‘mitasining Toshkent shahar boshqarmasida 6 oylik tahlil o‘tkazildi.

Yarim yillik tahlillar

Raqobat qo‘mitasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan 2024-yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan brifing bo‘lib o‘tdi.

Tenderlarda qonunbuzarliklar

6 oy davomida davlat xaridlari sohasida jami 842,08 mlrd. so‘mlik 612 ta tanlov (tender)larda tahlillar o‘tkazilishi natijasida 378 ta qonunbuzilishlar aniqlandi:

40 ta shaxslarga ma’muriy javobgarlik chorasini qo‘llash uchun hujjatlar sudlarga yuborildi;

10 ta buyurtmachilarga nisbatan 230,09 mln. so‘m moliyaviy sanksiyalar qo‘llanildi.

Qonunbuzarlikka yo‘l qo‘yganlar

Davlat ishtirokidagi korxona va uning kaffillangan shaxslarini tashkil etishda qonunbuzilishga yo‘l qo‘ygan TDIU, "Toshkent viloyati yo‘llardan muntazam foydalanish" DM va "O‘rmonqurilish" DUKga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Aholi foydasiga hal qilingan mablag‘lar

1031 ta iste’molchilarga 2,5 mlrd. so‘mdan ortiq mablag‘lar qayta hisob-kitob qilindi.

Qo‘zg‘atilgan 114 ta ishlarni ko‘rish natijasida 88 ta shaxslarga ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, tegishli sudlarga yuborildi.