Qoraqalpog‘istonda mahalla fuqarolar yig‘ini tomonidan 10 mlrd. so‘mga yaqin tender savdolarida qonunbuzarliklar aniqlangan
Bunda xarid komissiyalari tomonidan kelib tushgan takliflarga ball belgilashda baholash mezonlarini ishlab chiqmaganligi ma'lum bo‘ldi.
1 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 452 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarining har biriga 500 mln so‘mdan mablag‘ yo‘naltirishi belgilangan edi.
Moliyaviy ta‘minot
Qoraqalpog‘iston Respublikasida mahallalar infratuzilmalarini takomillashtirish, aholining turmush sharoitlarini yanada yaxshilash, mahallalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan dasturlar ijrosini hamda mavjud muammolarning samarali va tezkor hal etilishini moliyaviy va moddiy jihatdan ta’minlash maqsadida jamg‘arma hisobidan 2023-yil davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 452 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarining har biriga 500 mln so‘mdan mablag‘ yo‘naltirishi belgilangan.
Qonunbuzarlik holati
Yuqoridagilarga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi mahalla fuqarolar yig‘inlari tomonidan umumiy qiymati 10 mlrd so‘mga yaqin tanlovlarni o‘tkazishda “Raqobat to‘g‘risida” va “Davlat xaridlari” gi qonunchilik hujjatlariga asosan, takliflarni baholash mezoni talablarini buzilishiga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.
Javobgarlik
O‘rganish natijalariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Raqobat qo‘mitasi tomonidan 48 ta belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib tegishli choralar ko‘rildi.
O‘tkazilgan tender savdolari bo‘yicha o‘rganish ishlari davom etmoqda.



