Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 85 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +23° kechasi +9°

Markaziy Osiyoning umumiy telekanali tashkil etiladi

Qozog‘iston poytaxti Ostonada mintaqa davlatlarining vakolatli ommaviy axborot vositalari vakillari maslahat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

1 daqiqa o‘qiladi

Markaziy Osiyoning umumiy telekanali tashkil etiladi

Qozog‘iston poytaxti Ostonada mintaqa davlatlarining vakolatli ommaviy axborot vositalari vakillari maslahat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Qozog‘iston Madaniyat va axborot vazirligi xabar bermoqda.

Yig‘ilishdan maqsad nima?

Unda hamkorlikni mustahkamlash va mintaqaning axborot makonini rivojlantirish masalalari muhokama etildi. Tadbirda Qozog‘iston, Tojikiston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston vakillari ishtirok etdi.

Qayd qilinishicha, yig‘ilishda ommaviy axborot vositalari sohasida global muammolarga qarshi kurashish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlar muhimligi ta’kidlangan.

Umumiy telekanal loyihasi

Ishtirokchilar, shuningdek, mediasavodxonlikni oshirish va soxta xabarlarga qarshi kurashish masalalarini muhokama qilgan.

Yana bir asosiy masalalardan biri Markaziy Osiyoda yagona axborot makonini yaratish bo‘lgan. Tomonlar axborot xavfsizligi va madaniy almashinuvni mustahkamlash uchun mintaqaviy umumiy telekanal va media platforma yaratish g‘oyalarini ko‘rib chiqqan.