$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Nufuzi maoshidek o‘qituvchilarning nufusi ham qisqaradimi?

ustoz o‘qituvchi o

Oʻqituvchilar yetishmasligi koʻp mamlakatlarda taʼlim sifatiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi jiddiy muammoga aylanmoqda. UNESCO hamda “Oʻqituvchilar va taʼlim 2030” xalqaro maqsadli guruhi oʻtkazgan tadqiqotda shunday xulosaga kelindi.

44 million oʻqituvchi yetmasligi

“Oʻqituvchilar toʻgʻrisidagi xalqaro maʼruza”da taʼkidlanishicha, agar taʼlim tizimida jiddiy oʻzgarishlar qilinmas ekan, 2030-yilga borib hozir ishlayotgan oʻqituvchilar soni teng yarmiga qisqarib ketishi mumkin. Shu va boshqa sabablar dunyodagi boshlangʻich va oʻrta maktablarda 44 million nafar oʻqituvchi yetishmasligiga olib keladi.

Yaqqol koʻzga tashlangani Afrika

Ayniqsa, Afrikaning Sahroi Kabirdan janubiy qismida pedagoglar taqchilligi yaqqol koʻzga tashlanadi: 2030-yilda bu mintaqaga 15 mln nafar oʻqituvchi yetishmaydi. Hatto taraqqiy etgan Yevropa va Shimoliy Amerika mamlakatlarida ham pedagoglar yetishmasligi kun tartibiga chiqadi. Bu mamlakatlarda malakali mutaxassislarni maktablarda ushlab qolish tobora qiyinlashib boryapti.

Eng koʻp ish tashlayotgan oʻqituvchilar

Soʻnggi yillarda boshlangʻich sinflar oʻqituvchilari oʻrtasida kasbini oʻzgartirish koʻp kuzatilmoqda, deyiladi tadqiqotda. 2022-yilda boshlangʻich sinflar oʻqituvchilarining 9,06 foizi ishdan boʻshagan, holbuki, 2015-yilda bu toifada ishdan boʻshovchilar koʻrsatkichi 4,62 foiz edi. Faoliyatining ilk besh yilligida oʻqituvchilikni tashlab ketayotganlar eng koʻpligi, ayniqsa, xavotirli holat.

Global muammoga aylanishiga nima sabab?

UNESCO oʻqituvchilar yetishmasligi butun dunyoda taʼlim tizimiga jiddiy zarba boʻlishidan xavotirda. Muammo global koʻlamga chiqmoqda: oqibatda sinflardagi oʻquvchilar soni koʻpayadi, oʻqituvchilarga yuklamalar ogʻirlashadi, taʼlimda tengsizlik kuchayadi, taʼlim tizimini moliyalashtirish muammosi kattalashdi.

Oldini olish uchun taklif qilinayotgan chora maosh

Tashkilot ogʻir oqibatlarning oldini olish uchun hozirdan tegishli choralar koʻrishni taklif qilmoqda. Xususan, oʻqituvchilarning maoshlarini oshirish, ularning mehnat sharoitlarini yaxshilash, taʼlimga sarmoyalarni koʻpaytirish kerak. Qolaversa, pedagoglar jamiyatining qarorlar qabul qilishga daxldorligini oshirish ham oʻqituvchilarda motivatsiyani oshirishi mumkin, deyilmoqda.

Global muammo oʻzbekistonliklar uchun muammo emas

Butun dunyo kasb qisqarib ketishidan xavotirda boʻlib turgan paytda Oʻzbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi bir qator sohalarda qisqartirishlar taklifi bilan chiqdi. Unda keltirilishicha, bir-birining vazifasini takrorlovchi bir nechta davlat tashkilotlari, shuningdek ayrim davlat idoralarining tumanlardagi boʻlimlari tugatiladi.

Jumladan tuman (shahar) adliya boʻlimlari va Xalq qabulxonalari tugatilib, bu boradagi elektron davlat xizmatlari rivojlantiriladi. Shuningdek, hududiy Gʻaznachilik xizmati boshqarmalari hamda Byudjetdan tashqari nafaqa boshqarmalari, sogʻliqni saqlash tashkilotlaridagi bir qancha lavozimlar qisqartirilishi koʻzda tutilgan. Bundan tashqari, umumtaʼlim, musiqa maktablari, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarida ham bir qancha lavozimlar qisqartirilishi taklif qilinmoqda.