Yakshanba, 25-oktabr, 2026
Havo 84 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +18° kechasi +6°

Rossiyaning xavotiriga sabab bo‘layotgan tashrif bekor qilindi

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiysiga ko‘ra, ushbu tashrif Rossiyaning yillar davomida mintaqada shakllangan iqtisodiy munosabatlarini buzishga urinishdir.

2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaning xavotiriga sabab bo‘layotgan tashrif bekor qilindi

“Japan Times” nashrining xabariga ko‘ra, mamlakat bosh vaziri Fumio Kisida 9-12-avgust kunlari O‘zbekiston, Qozog‘iston va Mo‘g‘ulistonga tashrif buyurishi kerak edi. Biroq payshanba kuni Miyazaki prefekturasida ro‘y bergan kuchli zilziladan so‘ng bosh vazir O‘zbekistonga bo‘ladigan tashrifini bekor qildi. 

Tashrif maqsadi

Yuqorida keltirgan nashrimizda ma’lum qilinadiki, bosh vazir 9-avgust kuni Qozog‘istonda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari bilan uchrashuvda Yevropa chiquvchi yangi savdo yo‘lini yaratish rejasini taqdim etishni rejalashtirgan. Bu tashabbus Yaponiyaning Xitoy va Rossiya an’anaviy tarzda mustahkam o‘rin egallagan mintaqa bilan aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan. Rasmiy Tokio yangi eksport yo‘nalishi Markaziy Osiyo mamlakatlariga yanada kengroq iqtisodiy mustaqillik berishiga umid qiladi. “Transport infratuzilmasidan tashqari, reja iqtisodiy dekarbonizatsiyani qo‘llab-quvvatlashni ham o‘z ichiga oladi. Shu bilan birga, tabiiy gazni qayta ishlashga ko‘maklashish kabi chora-tadbirlar uchun Yaponiya kompaniyalarining texnologiyalari va kreditlaridan foydalanish rejalashtirilgan”, – deyiladi nashr axborotida.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi xavotiri

Avvalroq Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisidaning Markaziy Osiyo davlatlariga boshlanajak tashrifini qoralab, vazirning tashrifi ortida iqtisodiy manfaatlar emas, AQSHning qistovi turganini aytgandi. Uning fikriga ko‘ra, Yaponiya Rossiyaning yillar davomida mintaqada shakllangan iqtisodiy munosabatlarini buzishga urinmoqda. Yaponiya Markaziy Osiyo davlatlarini G‘arbning “Rossiya va Xitoyga qarshi” bo‘lgan g‘oyalariga og‘dirish niyatida.