$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda tuz va shakar iste’moli xavotirli darajada ortib bormoqda

tuz shakar

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida sport va sog‘lom turmush tarzi masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda aholining noto‘g‘ri ovqatlanishi va jismoniy faollikning yetishmasligi tufayli sog‘liq bilan bog‘liq muammolar ortib borayotgani qayd etildi. Mazkur muammoga yechim sifatida davlat rahbari “Sog‘lom inson – sog‘lom millat” umummilliy harakatini boshlash tashabbusini ilgari surdi.

Sog‘liq uchun xavfli tendensiya

O‘rganishlarga ko‘ra, aholining 44 foizi jismoniy faollik bilan shug‘ullanmaydi, 36 foiz odam to‘g‘ri ovqatlanish qoidalariga rioya qilmaydi, tuz va shakar iste’moli ortib, aksincha, boshoqli mahsulotlar, meva-sabzavot iste’moli kamayib bormoqda.

Buning oqibatida 56 foiz aholida ortiqcha vazn, 38 foizida esa qon bosimi bilan bog‘liq muammolar kuzatilmoqda. Shuningdek, noto‘g‘ri turmush tarzi va parhezga e’tibor berilmasligi yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning ko‘payishiga va erta o‘lim holatlariga sabab bo‘layotgani ta’kidlandi.

Prezidentning taklifi

Shu bois, “Sog‘lom inson – sog‘lom millat” umummilliy harakatini boshlash taklif qilindi. Ushbu harakat doirasida:

 • Har bir oilani sog‘lom ovqatlanish va jismoniy faollik targ‘iboti bilan qamrab olish;

 • Ijtimoiy tarmoqlar, televideniye va matbuot orqali sog‘lom hayot tarzini targ‘ib qilish;

 • Xalqchil va ta’sirchan ijtimoiy roliklarni ishlab chiqib, ularni muntazam ravishda markaziy telekanallarda efirga uzatish ta’minlanadi.

Davlat rahbari bu masalalarni qonun darajasida mustahkamlash va “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi qonunni zamonaviy talablar asosida tubdan qayta ko‘rib chiqish zarurligini ta’kidladi.

Sportga keng ommani jalb qilish choralari

Sport – sog‘lom turmush tarzining ajralmas qismi ekani qayd etilib, aholining kamida 15 millionini muntazam sport bilan shug‘ullanishga jalb qilish asosiy maqsad sifatida belgilandi. Bu faqat Sport vazirligi emas, barcha viloyat, shahar va tuman hokimlarining ham shaxsiy mas’uliyati bo‘lishi lozimligi qayd etildi.

Talabalar sporti ham alohida e’tiborga olinadi. Xorij tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, talabalar orasida sportning ommalashuvi katta sport uchun zaxira bo‘lib xizmat qiladi. Shu bois har bir OTMda kamida 3 ta olimpik sport turi bo‘yicha sport klubi tashkil etish topshirig‘i berildi.

Maktablarda sportga jalb etish darajasi talabga javob bermaydi

Prezident yig‘ilishda maktablarda sportga jalb etish darajasi talabga javob bermasligi va bu yo‘nalishda keskin chora ko‘rish lozimligini ta’kidladi. Unga ko‘ra, har bir maktabda kamida bitta yakkakurash va bitta jamoaviy sport turi bo‘yicha to‘garak tashkil etish majburiy bo‘ladi. Sport vazirligi tizimidagi trenerlar maktab jismoniy tarbiya o‘qituvchilari bilan biriktiriladi. Sport federatsiyalari har bir tumanda bittadan maktabni tanlab, uni o‘z yo‘nalishiga moslashtiradi. Makablarda olimpiya sport turlari bo‘yicha musobaqalar yo‘lga qo‘yiladi. Bundan tashqari, sportda yutuqlarga erishgan o‘qituvchilar alohida rag‘batlantiriladi.

Теги :
Jamiyat
Iqtisodiyot
Salomatlik