$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

Nimaga bu yil tarvuz narxi rekord darajada pastlab ketdi?

Tarvuz

Joriy yilda mamlakatimizda “tarvuz yili” bo‘ldi desak ham bo‘laveradi. Narxlar sezilarli darajada quladi. Ijtimoiy tarmoqlarda esa, tarvuz narxini pastlatish bo‘yicha katta musobaqa bo‘ldi desak ham bo‘laveradi. Ayrim joylarda tarvuzlar tanlab olinishiga 1000 so‘mdan sotilayotgani ham internetda ko‘p aylandi. Iyul oyining oxiriga kelib esa hattoki, dehqonlar hududlarda tarvuzlarni tekin tarqatib, yetmaganiga yuk mashinalar to‘la tarvuzlarni chuqurlarga ag‘dardi. Bunga sabab esa serhosillik fonida tarvuz eksporti keskin pastladi.

Rossiyaga eksportning to‘xtashi

Shu bilan birga O‘zbekistondan Rossiyaga tarvuz eksporti ham sezilarli darajada kamaydi. Chunki bu yil Eron tarvuzlari Rossiyadagi do‘kon va bozorlarda mart oyidan boshlab sotuvga chiqqan. Ular ancha shirali va tabiiyroq.

Gap shundaki, Eronda tarvuz mavsumi martdan dekabrgacha. Tarvuzlar mutlaqo xavfsizdir (pestisidlar), chunki Eron o‘z fuqarolarining xavfsizligi va tashqi savdo davlatga valyuta tushumlari manbai sifatida juda qattiq nazoratiga ega.

Hozirda Rossiya bozorlarida tarvuzlar Turkiya, Braziliya, Eron va Tailanddan olib kelinmoqda. Bahorning oxiri va yozning boshida asosiy ta’minot Turkiya va Erondan bo‘ladi.

Iyul oyining oxirida “East Fruit” Markaziy Osiyo mamlakatlarida, xususan, O‘zbekistonda ham tarvuz narxi maksimal darajada pastlaganini ma’lum qilgan edi. Unda qayd etilishicha, O‘zbekistondagi bozor rastalarida tarvuzning narxi 1 kilogramm uchun 8 sentni tashkil etgan. Narxlarning tushishi O‘zbekistonda tarvuzga deyarli talab yo‘qligining asosiy sabablaridan biridir. Jumladan, O‘zbekiston tarvuzni Rossiyaga eksport qilib kelgan. Ammo hozirda mamlakatning o‘zida mahsulot narxi pastlagan. Bu esa O‘zbekistondan keladigan tarvuzga bo‘lgan talabning pasayishiga olib kelgan.

Yevropa mamlakatlariga ham eksport ancha sustlashgan

O‘zbekistondan Sharqiy Yevropa va Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga tarvuz eksporti joriy mavsumda ancha sustlashgan. Chunki, xususan, Ukraina fermerlari ommaviy yig‘im-terim mavsumi boshlanishidan oldin ham tarvuzni haddan tashqari ko‘p yetishtirgan, bu esa narxlarning maksimal tushishiga olib kelgan.

“Qolaversa, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari uchun O‘zbekistondan olib o‘tishdan ko‘ra, Ukrainada arzon tarvuz sotib olish foydaliroq”, – deya izohlagan BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) sarmoyaviy departamenti iqtisodchisi Andrey Yarmak.

Теги :
Jamiyat