$
 12715.07
28.36
 14041.25
36.39
 139.71
0.62
weather
+26
Кечаси   +14°

Farg‘ona vodiysi noqonuniy tamaki mahsulotlari savdosining darajasi bo‘yicha yetakchilikda davom etmoqda

Tamaki

Noqonuniy tamaki savdosi bo‘yicha reydlar muntazam ravishda olib raqamlar hududlar kesimida tahlil qilindi.

Yetakchilik Farg‘onda vodiysida

Farg‘ona vodiysi hududida noqonuniy tamaki mahsulotlari bozorining eng yuqori ulushi qayd etildi – 23,5 foiz. Ushbu raqam viloyatlar kesimida tahlil qilinganda eng katta ulush Namanganda ekani kuzatildi — 38,5 foiz. Shuningdek Farg‘ona viloyatida — 25,2 foiz va Andijon viloyatida — 17,4 foiz ko‘rsatkich aniqlangan.

Reydlar raqamalrga ta’sir qila olmayapti

Qayd etish lozim, hududda muntazam reydlar o‘tkazilishi va noqonuniy tamakining yirik partiyalari musodara etilishiga qaramasdan vaziyat amalda o‘zgarmay kelmoqda. E’tiborli tomoni, aniqlangan holatlarga qaramasdan noqonuniy mahsulot sotadigan ulgurji bozorlar va do‘konlar o‘z faoliyatlarini davom ettirib kelmoqda.

Biror chora ko‘rilayotgani haqida aniq ma’lumot yo‘q

Aksizi bo‘lmagan tamaki mahsulotlari savdosi jinoyat hisoblanadi va jiddiy oqibatlar: jarima, musodara va, ayrim hollarda, ozodlikdan mahrum bo‘lishga qadar olib keladi. Biroq, Farg‘ona vodiysida katta miqdorda noqonuniy tamaki mavjudligi aniqlangan bo‘lsa-da, bu borada biror chora ko‘rilayotgani haqida aniq ma’lumot berilmagan.

48 mln. so‘mli 4000 quti aksizi bo‘lmagan sigaret musodara qilingan

Kuni kecha OAVda Farg‘ona viloyatida 48 mln. so‘mli 4000 quti aksizi bo‘lmagan sigaret musodara etilgani haqida ma’lum qilindi. Ta’kidlash lozim, tamaki mahsulotlari kontrabandasi yo‘lga qo‘yilgan kanallar orqali O‘zbekistonga kirib keladigan dori vositalari masalasi ham alohida muammodir. Masalan, yaqinda Olmaliqda jami qiymati $12 200 bo‘lgan 402 quti kuchli ta’sir qiluvchi preparat olib qo‘yildi.

Bu mahsulotlarning barchasi mamlakatimiz davlat budjetiga ulkan zarar kelitiradi va fuqarolar hayoti hamda salomatligiga tahdid uyg‘otadi. Huquqni muhofaza qilish organlari ro‘y berayotgan voqealarga jiddiyroq e’tibor berishlari lozim.

Теги :
Жамият