$
 12965.34
-14.82
 14525.07
-81.5
 161.34
-0.29
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

YPX xodimiga hujjat taqdim etmaslik mumkin(mi?)

positive

Endilikda YPX xodimi tezlikni oshirgan haydovchilarga moslamaning sertifikat nusxasini ko‘rsatishga majbur bo‘lmaydi.

Avval YPX xodimlari uchun nimalar ta'qiqlangan edi?

Vazirlar mahkamasining 975-sonli qarorida ko‘chma fotoradar va mobil komplekslardan foydalanish tartibi belgilangan.

Avval bu qaror bilan ko‘chma fotoradar va mobil komplekslardan foydalanganda, YPX xodimi moslamaning ko‘rsatkichlari bilan harakat tezligini oshirib, qoidalarni buzgan haydovchini tanishtirishi, uning talabi bilan moslamaning sertifikati (nusxasi)ni ko‘rsatishi lozimligi va YPX xodimlarining patrul avtomobillarida foydalanish belgilab qo‘yilgan tezlikni o‘lchash moslamalarini o‘zboshimchalik bilan yechib olishi va xizmatga aloqasi bo‘lmagan boshqa shaxslarning (jismoniy yoki yuridik) transport vositalariga o‘rnatishi hamda xizmatni o‘tashga aloqador bo‘lmagan fuqarolarni jalb qilishi qat’iyan taqiqlanishi ko‘rsatib o‘tilgan edi.

Bularga amal qilinmaganda nima bo‘ladi?

Mazkur talabga rioya etilmagan holda rasmiylashtirilgan bayonnomalar yuridik kuchga ega bo‘lmaydi va huquqiy oqibatlar keltirib chiqarmasligi aytilgan.

Kiritilgan o‘zgartirish

Qarordagi yangi o‘zgarishlarga ko‘ra, endilikda tezlikni oshirgan haydovchilarga YPX xodimi moslamaning sertifikat nusxasini ko‘rsatishga majbur bo‘lmaydi.

Huquqshunos munosabati

Huquqshunos Kamoliddin Abdumalikovich bu qoidani tanqid qilib, YPX xodimi to‘xtatib, hujjat so‘raganda haydovchilar ham ularga hujjat ko‘rsatmasligi kerakligini aytib o‘tdi.

“Qarorlarni moslashtiradigan bo‘lishsa, bizga ham qarorni qulay qilib berishsin. YPX xodimi hujjat so‘raganda biz ham hujjat ko‘rsatmaylik”, deydi advokat.

Теги :
Jamiyat