$
 12142.10
-52.11
 14079.98
95.66
 150.53
0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

Taksi bozori: “soya”dan shaffof biznesga o‘tish

taxi

O‘zbekistonda yaqin vaqtgacha “soya”da bo‘lib kelgan taksi xizmati sohasida transformatsiya yuz bermoqda. Bugungi kunga qadar Soliq qo‘mitasi iqtisodiyotning ushbu tarmog‘ini legallashtirish bo‘yicha salmoqli natijalarga erishdi.

Integratsiya qilingan 142 ta agregator

Aprel oyida 6 ta taksi agregatori soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan edi. Bugungi kunda integratsiyani yakunlagan agregatorlar soni 142 tani tashkil etmoqda.

3 trln. so‘mlik fiskal chek

Yil boshidan 15-avgustgacha agregatorlar orqali 166 mln. dan ortiq qatnov uchun 3 trln. so‘mlik fiskal chek berildi. 1-mart holatiga (18,3 mln. qatnov) taqqoslaganda qatnovlar soni 9 barobarga ortgan.

Avval norasmiy ishlab kelgan yarim mln. nafardan ortiq fuqaro (576,1 ming) yo‘lovchi tashish sohasida o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida rasman ro‘yxatdan o‘tgan. Ulardan 361 ming nafardan ziyodi agregatorlar orqali xizmat koʻrsatadi, bu mart oyidagi ko‘rsatkichlarga nisbatan 2 barobar koʻp.

To‘lovlarni fiskallashtirishning foydasi

To‘lovlarni fiskallashtirish o‘zini o‘zi band qilgan haydovchilarning daromadlari haqida ma’lumot olish imkonini beradi. Ularning daromadi quyidagicha taqsimlangan:

125,6 ming nafari –1 mln. soʻmgacha;

104 ming nafari – 1-5 mln. so‘m;

45,3 ming nafari – 5-10 mln. so‘m;

78 ming nafari – 10-50 mln. so‘m;

7,6 ming nafari – 50-100 mln. so‘m.

171 nafar haydovchining daromadi 100 mln. so‘mdan oshgan.

Bu raqamlar norasmiy bandlik va mehnatga haq to‘lashning yashirin shakllarini legallashtirishning natijalarini yaqqol ko‘rsatib turibdi.

Adolatli va shaffof bozorni yaratish

Taksi bozorida yashirin aylanmalar ulushini kamaytirish – bu haydovchilar va yo‘lovchilarning huquqlari qonun bilan himoyalangan adolatli va shaffof bozorni yaratish yo‘lidagi muhim qadam.