$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

Turmush tarzini o‘zgartirish orqali saratonning oldini olish mumkin

cancer research cancer research

Amerika saraton kasalliklari jamiyati (ACS) tomonidan o‘tkazilgan yangi tadqiqotga ko‘ra, 30 va undan katta yoshdagi aholi orasida saraton bilan kasallanish yangi holatlarining taxminan 40 foizi va undan o‘limlarning deyarli yarmi oldini olish mumkin bo‘lgan xavf omillari bilan bog‘liq.

Saratonni keltirib chiqaruvchi asosiy xavf omili

Tadqiqotga ko‘ra, asosiy xavf omili — chekish, chunki saraton kasalligining deyarli 5 tadan 1 tasi va undan o‘limning deyarli uchdan bir qismiga aynan ushbu zararli odat sabab bo‘lgan. Keyingi xavf omillari orasida ortiqcha tana vazni, spirtli ichimliklarni iste’mol qilish, jismoniy harakatsizlik va odam papilloma virusi (OPV) kabi infeksiyalar mavjud.

Umuman olganda, tadqiqotchilar saratonning 30 ta turidagi o‘zgartirilishi mumkin bo‘lgan 18 ta xavf omillarini tahlil qildilar. O‘rganishlar shuni ko‘rsatdiki, ushbu turmush tarzi omillari 2019-yilda 700 mingdan ortiq yangi saraton kasalligi va 262 mingdan ortiq o‘limga sabab bo‘lgan.

Saratonning qaysi turlarini oldini olish mumkin?

Tadqiqotga ko‘ra, o‘sma kasalliklarining ayrim turlarini oldini olish mumkin. Masalan, 10 ta saraton turida yangi holatlarning kamida 80 foizini, shu jumladan, ultrabinafsha nurlanish bilan bog‘liq melanomalarning 90 foizidan ortig‘ini hayot tarzini o‘zgartirish orqali oldini olsa bo‘larkan. Shuningdek, OPV infeksiyasi bilan bog‘liq bachadon bo‘yni saratonini esa vaksina yordamida oldini olish mumkin.

O‘pka saratoni asosan chekish bilan bog‘liq

O‘pka saratoni holatlarining eng ko‘p qismi (erkaklar o‘rtasida 104 mingdan ortiq va ayollar o‘rtasida 97 ming holat) ham o‘zgartirilishi mumkin bo‘lgan xavf omillari, asosan chekish bilan bog‘liq.

Ortiqcha tana vazni

Chekishdan keyin ortiqcha tana vazni saraton kasalligining ikkinchi eng katta xavfidir. Bu erkaklarda yangi holatlarning taxminan 5 foizi va ayollarda deyarli 11 foizini tashkil qiladi. Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, semizlik endometriya, o‘t pufagi, qizilo‘ngach, jigar va buyrak saratonidan o‘limning uchdan biridan ko‘prog‘i bilan bog‘liq.

Turmush tarzining ta’siri

Chekishni tashlash, to‘g‘ri ovqatlanish va jismoniy faol bo‘lish surunkali kasallik ko‘rsatkichlari va natijalarida keskin o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin. Saraton esa yurak xastaligi yoki diabet kabi surunkali kasalliklardan biridir.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ayrim omillar ta’sirini kamaytirish uchun turmush tarzini o‘zgartirish saraton xavfini nisbatan tez kamaytirishi mumkin. Rak kasalligining yoshlar orasida ham ortgani sababli, sog‘lom odatlarni iloji boricha ertaroq boshlash, ayniqsa, muhimdir. Chekishni boshlaganingizdan so‘ng tashlash yoki semirgandan keyin ozish ancha qiyinroq.

Теги :
Jamiyat