$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Erkaklarning bo‘yi ayollarnikidan ikki baravar tez o‘smoqda

bo

Xalqaro olimlar guruhi turmush darajasi va sog‘lig‘ini saqlash darajasi yuqori bo‘lgan mamlakatlarda odamlarning bo‘yi va vazni oshib borayotganini aniqlashdi. Ushbu jarayon erkaklarda ayollarnikiga qaraganda taxminan ikki barobar tez sodir bo‘lganini aniqladi. Ushbu tadqiqot ishi haqida batafsil maqola “Biology Letters” jurnalida chop etilgan.

Tadqiqot natijalari

Tadqiqotchilar 62 mamlakatdan 135 645 nafar odamning ma’lumotlarini, shuningdek, Buyuk Britaniyadan 1900-yildan boshlab keyingi yillardagi tarixiy statistikani tahlil qilishdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, o‘tgan asrdan buyon erkaklarning bo‘yi ayollarnikidan ikki barobarga oshgan. Olimlar bu farqni atrof-muhit sharoitlariga nisbatan sezgir bo‘lgan erkak tanasining xususiyatlari bilan bog‘lashadi. 

Yashash sharoiti yuqori mamlakatlarda erkaklarning bo‘yi o‘sishi tezlashgan

Turmush va sog‘liqni saqlash standartlari yuqori bo‘lgan mamlakatlarda erkaklarning bo‘yi va vazni ayollarnikiga qaraganda sezilarli darajada oshgan.

Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, erkaklar bo‘yining oshishi aholining umumiy salomatligi va farovonligining ko‘rsatkichi bo‘lishi mumkin. 

Biroq turli mamlakatlarda hayot davomida odamlarning bo‘yi va vaznidagi o‘zgarishlarni hisobga oladigan uzoq muddatli tadqiqotlar uchun aniqroq xulosalar kerak.

Теги :
Jamiyat
Salomatlik