Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 90 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +12° kechasi +10°

Tadbirkorlik sohasiga oid kodeksini tasdiqlash to‘g‘risidagi qonun ma’qullandi

Ma’lum qilinishicha, yangi kodeks 100 dan ortiq qonunchilik hujjatlarini birlashtiradi va tadbirkorlik sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.

2 daqiqa o‘qiladi

Tadbirkorlik sohasiga oid kodeksini tasdiqlash to‘g‘risidagi qonun ma’qullandi

Senatning 55-yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining Tadbirkorlik kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qonun ko‘rib chiqilib ma’qullandi.

Ma’lum qilinishicha, yangi Kodeks 100 dan ortiq qonunchilik hujjatlarini birlashtiradi va tadbirkorlik sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.

Kodeksda nimalar belgilangan?

Kodeksda tadbirkorlik faoliyatining asosiy prinsiplari: qonuniylik, tadbirkorlik erkinligi, tenglik, halol raqobat, va korrupsiyadan xolilik mustahkamlangan. Fuqarolarga tadbirkorlikda erkin ishtirok etish, xususiy mulkni himoya qilish, va tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini ta’minlash kafolatlari beriladi.

Tadbirkorlik subyektlari kichik, o‘rta va yirik toifalarga ajratiladi, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun yangi faoliyat turlari belgilangan. Kodeksda ijtimoiy tadbirkorlik va ijtimoiy korxonalar, biznes-inkubatorlarning huquqiy maqomi va vazifalari belgilangan.

Tadbirkorlikni davlat tomonidan tartibga solishning chegaralari hamda tartibga solish shakllari belgilanmoqda hamda xalqaro standartlarga muvofiq ayollar va yoshlar tadbirkorligi hamda ularni qo‘llab-quvvatlash tizimi joriy etilmoqda.

Kodeksda ijtimoiy tadbirkorlik, ijtimoiy korxona, aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari ro‘yxati va ularni, jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashning mexanizmlari belgilanmoqda.

Shu bilan birga, Kodeksda biznes-inkubatorlarning huquqiy maqomi, maqsad va vazifalari belgilanmoqda hamda davlat korxonalariga raqobatni cheklovchi imtiyoz va preferensiyalar berish taqiqlanmoqda.

Maqsad - tarqoq hujjatlarni yagona hujjatga birlashtirish

Tadbirkorlik kodeksining qabul qilinishi tarqoq qonunchilik hujjatlarini yagona hujjatga birlashtirish, tadbirkorlik sohasidagi qonunchilik hujjatlarini barqarorlashtirish, davlatning tadbirkorlik sohasiga aralashuvini kamaytirish, shuningdek, tadbirkorlik huquqi sohasida yagona yondashuvni belgilashga xizmat qilishi ta’kidlandi.