$
 12715.13
-45.08
 14730.48
25.61
 161.75
1.67
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekiston suv sektorini modernizatsiya qilish uchun 125 million dollar ajratadi

Sirdaryo

OTB O‘zbekiston hukumatining suv resurslarini boshqarish sektorini modernizatsiya qilish, suv xavfsizligini ta’minlash, mamlakatda xavfsiz va ishonchli suv ta’minotidan foydalanish imkoniyatlarini oshirish borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 125 million dollar miqdorida kredit ajratishni ma’qulladi.

OTB xabarida iqlimga chidamli tarzda aqlli suv boshqaruvini takomillashtirish loyihasi aktivlarni boshqarish va xizmatlar ko‘rsatish barqarorligini takomillashtirishga, shuningdek, milliy suv xo‘jaligi xodimlarining institutsional salohiyatini mustahkamlashga xizmat qilishi qayd etiladi. Bu, shuningdek, suvni boshqarish va energiyadan foydalanishda yanada samarali qarorlar qabul qilish va samaradorlikni oshirishga olib keladi va shu bilan iqlim o‘zgarishini yumshatishga hissa qo‘shadi.

O‘zbekistonning suv resurslari jiddiy tahdid ostida

“O‘zbekistonning suv resurslari iqlim o‘zgarishi va samarasiz boshqaruv tufayli jiddiy tahdid ostida”, — deydi OTBning O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Kanokpan Lao-Araya. “OTB loyihasi suvdan foydalanishni yaxshilash, energiya sarfini kamaytirish va O‘zbekistondagi operatsion samaradorlikni oshirish uchun aqlli suv boshqaruv tizimlarini joriy qiladi”. OTB loyihasi “O‘zsuvta’minot” (Milliy suv ta’minoti kompaniyasi) va uning hududiy bo‘linmalariga suvdan foydalanishning muhim ob’ektlarida mamlakat bo‘ylab davom etayotgan suv o‘lchash va telemetriya tizimini o‘rnatish ishlarini yakunlashda yordam beradi. Loyiha, shuningdek, aktivlarni inventarizatsiya qiladi va barcha mavjud suv va oqava suv infratuzilmasi, jumladan, taxminan 4 million mijoz ulanishining geografik xaritasini tayyorlaydi.

Loyiha haqida

Loyiha moliyaviy boshqaruvning yangi dasturiy ta’minotini taqdim etish orqali mijozlarga xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini takomillashtirishga xizmat qiladi, bu esa xalqaro standartlar asosida shaffof moliyaviy hisobotlarni yaratishga olib keladi. Loyiha operatsion xarajatlarni kamaytirish, ishchi kuchi samaradorligini oshirish hamda mijozlarning ishtiroki va qoniqishini oshirish uchun transformativ raqamli yechimlar va texnologiyalarni qabul qilishga yordam beradi.

Теги :
Iqtisodiyot