$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Toshkentda yirik suv tozalash inshooti quriladi

positive

Uning soatiga 1 million kub oqava suvni tozalash quvvatiga ega bo‘lishi aytilmoqda.

Yirik bitim imzolandi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov “Abu Dhabi Sustainable Water Solutions” (SWS) kompaniyasi vakillari va “O‘zsuvta’minot” AJ boshqaruvi raisi Axmad Suvankulov ishtirokida Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida yangi zamonaviy oqova suvlarni tozalash inshooti qurilishi loyihasi bo‘yicha birgalikda ishlab chiqish bitimini (JDA) imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Loyiha doirasida Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumani “Surum” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida sutkasiga 1 million m³ oqova suv tozalash quvvatiga ega bo‘lgan zamonaviy oqova suv tozalash inshooti va 42 kilometrli oqova suv kollektorlarini qurish ishlari ko‘zda tutilgan.

Loyiha hamkorlari

Loyiha "Abu Dhabi Sustainable Water Solutions" va uning texnologik hamkorlari sifatida tanlangan SUEZ (Fransiya) va Marubeni (Yaponiya) kompaniyalari konsorsiumi tomonidan amalga oshiriladi.

Ushbu loyiha nafaqat texnik infratuzilmani rivojlantiradi, balki Toshkent shahrining Sergeli, Bektemir va Yangihayot tumanlaridagi sanitar-epidemiologik va ekologik holatni yaxshilaydi.

Loyiha natijasida nimalar o‘zgaradi?

Loyihaning amalga oshirilishi natijasida 1,5 millionga yaqin aholining oqova suv xizmati yaxshilanadi va 500 mingdan ortiq aholi hamda yuzdan ortiq korxona-tashkilotlar markazlashgan oqova suv xizmati bilan ta’minlanadi.

Ma’lumot uchun: “Abu Dhabi Sustainable Water Solutions” (SWS) BAAdagi oqova suvlarni yig‘ish, tozalash va qayta ishlatishning yagona tashkilotchisi hisoblanadi.

Теги :
Jamiyat