$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Qishloq xo‘jaligida suvdan foydalanishni tartibga solish kerak

positive

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Qishloq xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati rahbari Dilshod Nazirov ma’lum qildi.

Ortiqcha suv sarfi

Hozirda respublika bo‘yicha bir gektar ekin maydonini an’anaviy usulda sug‘orish uchun yiliga o‘rtacha 10-11 ming kub metr suv sarflanmoqda. Suv resurslaridan oqilona foydalanmaslik esa yomon oqibatlarga olib kelishi turgan gap.

Bu darajada sarflanayotgan suv hajmi rivojlangan davlatlarga nisbatan olganda 2-3 baravarga ko‘proq.

Tasdiqlangan suv limiti

Joriy yilda umumiy sug‘orish mavsumi uchun manbalardan jami 31,5 milliard kub metr miqdorida suv limiti tasdiqlangan.

Shu limitda keltirilgan miqdordan 28,2 milliard kub metr suv qishloq xo‘jaligi ekinlari uchun ajratiladi.

Paxta maydonidagi tajribalar va “Tarteksan” texnologiyasi

Hozirda vazirlik tomonidan Turkiyaning tegishli kompaniyasi bilan hamkorlik qilgan holda, “Tarteksan” texnologiyasini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Bu uchun Bo‘ka tumanidagi “Shukrullo yasmina agro” fermer xo‘jaligining 12 gektar paxta maydonida tajriba uchastkasi tashkil qilingan.

“Tarteksan” – sug‘orish tizimi qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish uchun talab etiladigan o‘g‘it turi, miqdori hamda suv resurslari me’yorini tuproq tarkibidan kelib chiqib, inson omilisiz avtomatik aniqlash imkonini beruvchi qurilma hisoblanadi.

Теги :
Jamiyat