OTMlardagi super kontrakt miqdori ma’lum qilindi
2024/2025-o‘quv yili uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt qiymatining minimal miqdori tasdiqlandi.
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda 2024/2025-o‘quv yili qabulida bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt qiymatining minimal miqdori tasdiqlandi. Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Tabaqalashtirilgan kontrakt eng kam miqdori BHMning 6 baravari
Qayd etilishicha, qabul chegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam to‘plamagan hamda qo‘shimcha ravishda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar birinchi o‘quv yili uchun bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlariga nisbatan super-kontrakt qiymatini to‘lagan holda o‘qishlari mumkin.
Super kontrakt miqdori yo‘nalishlarga qarab farqlanadi. Bunda tabaqalashtirilgan kontrakt eng kam miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 6 baravari, eng ko‘pi esa BHMning 19 baravarini tashkil etadi.
10 foizlik chegirma
Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt qiymatini 2024-yil 15-oktyabrga qadar to‘liq to‘lagan abituriyentlarga 10 foizlik chegirma beriladi.
Barcha yo‘nalishlar uchun belgilangan super kontrakt miqdorini ushbu havola orqali ko‘rishingiz mumkin.



