Hindistonda o'zbek ayol o'lik holda topilgan
Ma'lum bo'lishicha ayol 25-may kuni jigar ko'chirib o'tkazish operatsiyasi uchun Hindistonning Kaushambi shahridagi shifoxonaga yotqizilgan.
2 daqiqa o‘qiladi

Ma'lum bo'lishicha ayol 25-may kuni jigar ko'chirib o'tkazish operatsiyasi uchun Hindistonning Kaushambi shahridagi shifoxonaga yotqizilgan.
Ayol davolanish maqsadida tashrif buyurgan
Kecha, 11-iyun kuni 45 yoshli o‘zbekistonlik ayol Hindistondagi xususiy shifoxonaning yuvinish xonasida o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda mahalliy politsiyaga tayanib, “Deccan Herard” nashri xabar qildi.
Hodisa Uttar-Pradesh shtatining G‘oziobod tumanidagi Kaushambi shahrida sodir bo‘lgan. Tibbiyot muassasasi xodimlarining aytishicha, Zulfiya ismli o‘zbekistonlik ayol 25-may kuni jigar ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasi uchun shifoxonaga yotqizilgan.
“U tuzalgandi va ikki kun ichida shifoxonadan chiqarilishi kerak edi," - deydi mas'ul shifokor Ruchi Ranavat.
Ayol bilan turmush o‘rtog‘i va o‘g‘li birga borgan. Operatsiyada eri donorlik qilgan.
Voqea tafsilotlari
Indirapuram politsiyasi komissari yordamchisi Svatantra Kumar Singhning aytishicha, voqea sodir bo‘lgan kun Zulfiya shifoxonadagi xonasining hammomiga kirgan, ammo ayolning eri uning uzoq vaqtdan beri yuvinish xonasidan chiqavermagandan so'ng kasalxona xodimlariga xabar bergan.
Shifoxonaning xavfsizlik xodimlari Kaushambi politsiya bo‘limiga xabar berishgach, politsiya xodimlari Zulfiyaning jasadini hammomdagi sochiq ilgichga osilib turgan holda topishgan. Aniqlanishicha, u egnidagi hijob bilan oʻzini osib qoʻygan.
Vaziyat oʻrganilmoqda
“Jasad tekshiruvga yuborilgan va sud-tibbiyot ekspertlari guruhi voqea joyini ko‘zdan kechirishmoqda”, - deyiladi xabarda. Hodisa sabablari oʻrganilmoqda.
Bu birinchisi emas
Ma’lumot uchun , yil boshida Hindistonning Haryana shtati Sonipat shahridagi dam olish maskanlaridan birida o‘zbekistonlik ayolning jasadi topilgandi.



