Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
⛅ +17° kechasi +9°

O‘zbekistonda rasman ishlayotgan talabalar soni 114 ming nafarni tashkil etmoqda

Talabalar orasida ham o‘qib, ham ishlash bo‘yicha erkaklar ustunlik qilyapti.

1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda rasman ishlayotgan talabalar soni 114 ming nafarni tashkil etmoqda

“Yagona milliy mehnat tizimi”dan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda rasman ishlayotgan talabalar soni 114 239 nafarni tashkil etmoqda. Bu ko‘rsatkich o‘z ichiga davlat va xususiy sektorlarni ham oladi.

Talabalar quyidagi sektorlarda faoliyat yuritmoqda:

Davlat tashkilotlarida – 61 977 nafar (54,3%);

Xususiy subyektlarda – 48 371 nafar (42,3%);

Ikkala sektorda – 3 891 nafar (3,4%).

Gender kesimida

Talabalar orasida erkaklar soni 67 142 nafarga (58,8%), ayollar esa 47 097 nafarga (41,2%) teng.

Hududlar kesimida TOP-5

Hududlar bo‘yicha eng ko‘p ishlayotgan talabalar Toshkent shahrida qayd etilgan – 35 939 nafar (31,5%). Shuningdek, Samarqand viloyati (9 914 nafar), Farg‘ona viloyati (9 697 nafar), Toshkent viloyati (8 907 nafar) va Qashqadaryo viloyati (8 269 nafar) ham yetakchi o‘rinlarda turibdi.