Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 90 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +12° kechasi +10°

Ishdagi stress yurak salomatligi jiddiy ta’sir ko‘rsatadi

Ma'lum boʻlishicha, ishida stressli holatlar koʻp boʻlganlarda atriyal fibrilatsiya rivojlanish xavfi 83% ga yuqori boʻladi.

2 daqiqa o‘qiladi

Ishdagi stress yurak salomatligi jiddiy ta’sir ko‘rsatadi

Tadqiqotchilar ish bilan bogʻliq stress jiddiy sogʻliq muammolariga olib kelishi mumkinligini isbotlab berdi. Bunday depressiya tartibsiz yurak ritmi boʻlgan atriyal fibrilatsiyani (yurakning yuqori va pasti kameralaridagi ritmik harakatning buzilishi bilan bogʻliq holat – tahrir) keltirib chiqarish xavfini sezilarli darajada oshirishi mumkin.

Ishdagi stressni boshqarish yurak salomatligi uchun muhim

Kanadada oʻtkazilgan tadqiqot shuni koʻrsatadiki, yuqori stressli ishlarda ishlovchi odamlar stressiz ishlarda faoliyat olib boruvchilarga qaraganda koʻproq atriyal fibrilatsiyani boshidan oʻtkazgan. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, ishdagi stressni boshqarish yurak salomatligi uchun juda muhim.

12 milliondan ortiq odam shu xastalik bilan ogʻriydi

Atriyal fibrilatsiya aritmiyaning eng keng tarqalgan turi boʻlib, butun dunyo boʻylab millionlab odamlarga normal hayot tarzini amalga oshirishiga toʻsqinlik qiladi. Bu insult va yurak yetishmovchiligi kabi jiddiy asoratlarni keltirib chiqarishi ham mumkin. Amerika yurak assotsiatsiyasining ma'lumotlariga koʻra, Qoʻshma Shtatlarda 2030-yilga kelib 12 milliondan ortiq odam aynan shu xastalik bilan ogʻrishi kutilmoqda.

6 mingga yaqin respondent qatnashgan tadqiqot

Tadqiqot Kanadada 18 yil davomida 6 mingga yaqin oliy toifadagi ishchilar orasida oʻtkazilgan. Ma'lum boʻlishicha, ishida stressli holatlar koʻp boʻlganlarda atriyal fibrilatsiya rivojlanish xavfi 83% ga yuqori boʻladi.

Xastalik bilan bogʻliq yana bir omil

Atriyal fibrilatsiya bilan bogʻliq yana bir omil — bu mehnat-mukofot nomutanosibligi boʻlib, bunda ishchilar oʻzlarining sa’y-harakatlari ish haqi yoki e’tirof kabi olgan mukofotlari bilan mos kelmasligini his qilishganda sodir boʻladi.

Muammoga yechim

Moslashuvchan ish soatlari va menejerlar hamda xodimlar oʻrtasidagi yaxshi muloqot kabi tashabbuslar ushbu muammoni hal qilishda samarali boʻlishi mumkin. Shunga qaramasdan, tadqiqotning bir mamlakatda oʻtkazilganligi uning ilmiylik darajasini shubha ostiga ham qoʻymoqda. Ba’zi tanqidchilar aynan shu sababdan ushbu ilmiy izlanishni kengroq doiralarda oʻtkazishga chaqirmoqda.