$
 12741.76
26.69
 14035.05
-6.2
 139.85
0.14
weather
+26
Кечаси   +14°

Joriy yilda quyosh va shamol elektr stansiyalari orqali qancha energiya ishlab chiqarilganligi ma'lum bo‘ldi

pos

Energetika vazirligi joriy yilda O‘zbekistondagi quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan qancha elektr energiyasi ishlab chiqarilganini ma’lum qildi.

Yil boshidan buyon ishlab chiqarilgan elektr energiyasi

Bugun soat 16:45 holatiga ko‘ra, O‘zbekistondagi quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 2024-yil boshidan beri ishlab chiqarilgan elektr energiyasi miqdori 3 mlrd kVt⋅soatni tashkil qildi.

Bugungi kunda mamlakatimizning 7 ta viloyatida umumiy quvvati 2,4 GVt bo‘lgan 9 ta quyosh fotoelektr stansiyasi hamda bitta shamol elektr stansiyasi “yashil” energiya ishlab chiqarmoqda.

Ushbu “yashil” elektr stansiyalar tomonidan 2024-yil 31-may soat 15:00 ga qadar 1 mlrd kVt soat miqdorida, joriy yilning birinchi yarim yilligida 1,6 mlrd kVt soat miqdorida, 2024-yil 17-iyul soat 18:20 holatiga ko‘ra esa 2 mlrd kVt soat miqdorida elektr energiyasi ishlab chiqarilgan edi.

“Yashil energiya” samarasi

Shu paytgacha quyosh elektr stansiyalari tomonidan 2 mlrd 677,8 mln kVt soat, shamol elektr stansiyasi tomonidan esa 322,2 mln kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi.

Buning natijasida:

— 983,3 mln kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishildi;

— atmosferaga 1 mln 291,1 ming tonna zararli gazlar chiqishining oldi olindi”, — deyiladi xabarda.

Maʼlumot uchun: mazkur hajmdagi elektr energiyasi 1 million 875 mingta xonadonning 8 oylik yoki 1 mln 250 mingta xonadonning bir yillik ijtimoiy normasini tashkil qiladi.

Kelasi rejalar

Energetika vazirligining xabar berishicha, ushbu ko‘rsatkichlar yil yakuniga qadar mazkur elektr stansiyalar va yangi generatsiya quvvatlari (“yashil” stansiyalar) hisobidan 5 mlrd 740 mln kVt soatga yetishi kutilmoqda.

Теги :
Жамият