$
 12170.67
20.83
 14048.60
44.69
 152.30
1.2
weather
+26
Кечаси   +14°

Qaysi tashkilotlar 5 yil stajga ega xodimini o‘qishga tavsiya etishi mumkin?

positive

5 yil staj

5-yil stajga ega xodimni o‘qishga tavsiya etadigan tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi. Ro‘yxatda keltirilgan tashkilotlar tavsiyanomasiga ega bo‘lgan talabgorlar 1-avgustdan 15-avgustgacha Bilimni baholash agentligining maxsus elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Ro‘yxatdagi tashkilotlar

Bulardan:

1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati;

2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi;

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va uning tashkilotlari;

4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning tashkilotlari;

5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqalar.

Ro‘yxatda davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat komissiyasi qarori bilan Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni sirtqi va kechki ta’lim shaklidagi suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish uchun tavsiya etish huquqiga ega bo‘lgan vazirlik, idora va yirik birlashmalar nomlari ko‘rsatilgan.

Теги :
Jamiyat