$
 12984.44
9.35
 13442.79
69.36
 129.90
2.27
weather
+26
Кечаси   +14°

Ikki oylik chaqaloqqa noto‘g‘ri muolaja qo‘llanilishi oqibatida qo‘li kesib tashlanganligi yuzasidan deputat soʻrovi yuborildi

Chaqaloq

“Adolat” SDP Matbuot xizmatiga ko‘ra, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Adolat” SDP fraksiyasi deputati Mavludaxon Adxamjonova so‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida turli muhokamalarga sabab bo‘layotgan holat — Toshkent shahrida isitma bilan murojaat qilgan chaqaloqqa noto‘g‘ri muolaja qo‘llanilishi oqibatida qo‘lida gangrena rivojlanib, kesib tashlanganligi yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligiga deputatlik so‘rovi yubordi. 

Nima sababdan, inson hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirish darajasidagi holatlarga yo‘l qo‘yilmoqda?

Deputat so‘rovida “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga muvofiq, vazirdan quyidagi savollarga asosli tushuntirish berish hamda o‘z nuqtai nazarini bayon etishni so‘ragan:

1. O‘zbekiston Respublikasi hududida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish holati, noto‘g‘ri tibbiy muolaja natijasida inson salomatligiga zarar yetkazilishining oldini olish bo‘yicha qanday tizimli ishlar amalga oshirilmoqda?

2. Vazirlik tomonidan barcha tibbiy muassasalarda fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etishi ustidan nazoratini amalga oshirilishi holati qay darajada? Nima sababdan, inson hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirish darajasidagi holatlarga yo‘l qo‘yilmoqda?

3. Davolash-profilaktika muassasalarida infeksiyalarning tarqalishini oldini olish va sanitariya qoidalariga rioya etish qay darajada amalga oshirilmoqda?

4. Mazkur holat bo‘yicha aybdorlarni aniqlash va kelajakda bu kabi holatlarni qaytarilmasligi yuzasidan qanday qo‘shimcha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda?

Voqea aslida qanday boʻlgan?

Eslatib oʻtamiz, ijtimoiy tarmoqlarda tibbiyot xodimlarining noto‘g‘ri muolajasi oqibatida 2 oylik chaqaloqning qo‘llari kesib tashlangani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirgan edi.

Aniqlanishicha, 2024-yil 9-dekabr kuni soat 15:30 lar atrofida poytaxtimizning Shayxontohur tumanida yashovchi 2024-yilda tug‘ilgan qizaloq H.J. ota-onasi tomonidan Toshkent shahar 1-son bolalar klinik shifoxonasiga tana haroratining ko‘tarilishi, yo‘tal, xirillash, hansirash, bezovtalik va holsizlik kabi shikoyatlar bilan olib kelingan. 

Dastlabki tekshiruv davomida unga “Shifoxonadan tashqari pnevmoniya” tashxisi qo‘yilgan. Shuningdek, o‘tkazilgan qo‘shimcha va klinik tibbiy tekshiruvlar natijasida bemorga “Asosiy: Sepsis. Septisemiya. Covid-19 etiologiyali shifoxonadan tashqari pnevmoniya” asosiy tashxisi hamda “Tug‘ma yurak nuqsoni-bo‘lmachalararo to‘siq nuqsoni” kasalligi va uning asorati bo‘lgan “Nafas yetishmovchiligi 1-2-daraja. Yurak-qon tomir yetishmovchiligi 1-2-a darajasi” tashxisi qo‘yilgan.

Muassasada davolanish vaqtida qizaloqda “Chap tomonlama yelka arteriyasi tromboemboliyasi. Chap qo‘l va chap qo‘l panjasida qon aylanishining 3-a darajali o‘tkir buzilishi, poliorgan yetishmovchiligi” kuzatilgan. Shu bois bemor hayotini saqlab qolish maqsadida amputatsiya o‘tkazishga qaror qilingan va ota-onasining roziligi bilan unda jarrohlik aralashuvi amalga oshirilgan.

Теги :
Salomatlik