Supermarketlar reytingi: Korzinka 45,4 million chek bilan supermarket bozorida yetakchilik qilmoqda
Soliq ilovasidagi ro‘yxatdan o‘tgan cheklar soniga ko‘ra, 2024-yilda eng ko‘p savdo amalga oshirgan supermarketlar nomi ma’lum qilindi.
2 daqiqa o‘qiladi

Soliq ilovasidagi ro‘yxatdan o‘tgan cheklar soniga ko‘ra, 2024-yilda eng ko‘p savdo amalga oshirgan supermarketlar nomi ma’lum qilindi.
Supermarketlar bozorida kuchlar taqsimoti qanday?
Soliq ilovasidagi ro‘yxatdan o‘tgan cheklar soniga ko‘ra, 2024-yilda eng ko‘p savdo amalga oshirgan supermarketlar quyidagicha taqsimlandi:
Korzinka – 45,4 million chek bilan mutlaq yetakchi.
Havas – 21,3 million chek bilan ikkinchi o‘rinda.
Olma – Makro’ni ortda qoldirib, uchinchi o‘ringa chiqdi.
Soliq mobil ilovasidan oyiga qariyb 6 million kishi foydalanadi, va ularning 99,6% aynan keshbek olish uchun tizimga kiradi, demak ma’lumotlar yetarlicha ishonchli deya xulosa qilish mumkin.
Agar supermarketlar faqat cheklar soni emas, balki savdo hajmi bo‘yicha baholansa, Korzinka’ning ustunligi yanada kattalashadi, chunki undagi o‘rtacha chek miqdori boshqa tarmoqlarga qaraganda yuqoriroq.
Soliq ilovasining o‘rni
2024-yilda supermarketlar savdosi sezilarli darajada oshdi. Yanvar oyida Soliq ilovasida ro‘yxatdan o‘tgan cheklar soni 6,2 million bo‘lsa, dekabr oyiga kelib bu raqam 8,5 million ga yetdi. Umuman olganda, yil davomida jami 90 millionga yaqin chek qayd etilgan.
2024-yil 1-fevral holatiga ko‘ra:
Soliq ilovasi foydalanuvchilari – 9,7 milliondan ortiq
Yanvar oyida xizmatlardan foydalanish – 115,6 million marta
Supermarketlar bozorining kelajagi
Garchi supermarketlar soni va ulushi ortib borayotgan bo‘lsa ham, hali ham chakana savdo bozorining asosiy qismi bozorlarga to‘g‘ri kelmoqda. Masalan, hatto Toshkent shahrida ham supermarketlarning ulushi 15% dan oshmaydi.



