$
 12692.42
100.85
 14511.24
-34.54
 158.44
4.62
weather
+26
Кечаси   +14°

Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish harakatlarini 2025-yilda ham davom ettirishini ma’lum qildi

Saida Mirziyoyeva

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva 2024-yilda mamlakat Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish yo‘lida katta yutuqlarga erishganini va ushbu harakat 2025-yilda ham davom ettirilishini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, bu jarayon nafaqat O‘zbekistonning xalqaro savdodagi nufuzini oshirishga, balki xalq farovonligini ta’minlashga ham yo‘naltirilgan.

Nimalarga erishildi?

2024-yilda Prezident Shavkat Mirziyoyevning iqtisodiy islohotlari O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonida katta yutuqlarga olib keldi. JSTning Ishchi guruhi tomonidan o‘tkazilgan ikki muhim yig‘ilish natijasida O‘zbekistonning a’zolikka oid asosiy hujjati – Ishchi guruh Hisoboti loyihasini tayyorlash jarayoni boshlandi. Shuningdek, AQSh, Xitoy va Yaponiyani o‘z ichiga olgan 15 davlat bilan ikki tomonlama muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlanib, 23 ta bitim imzolandi. Islohotlar doirasida mamlakatda biznesni shaffoflashtirish va raqobatni oshirish uchun 20 ta yangi qonun qabul qilindi.

Xalq farovonligini ta’minlash uchun

Prezidentning yordamchisi Saida Mirziyoyeva O‘zbekistonning JSTga a’zolik harakatlarini yuqori baholar ekan, bu jarayon nafaqat mamlakatning xalqaro savdo munosabatlarini yaxshilashga, balki xalq farovonligini oshirishga ham qaratilganini ta’kidladi. Uning fikricha, JSTga a’zolik, shubhasiz, investisiyaviy jozibadorlikni oshiradi va o‘zbek biznesining global qiymat zanjirlariga kirishini osonlashtiradi. Mirziyoyeva bunday harakatlar mamlakat aholisi uchun munosib ish o‘rinlari yaratish va iqtisodiy boshqaruvni samarali tizimga o‘tkazishga xizmat qilishini qayd etdi.

Теги :
Jamiyat
Iqtisodiyot