Shanba, 17-oktabr, 2026
Havo 85 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +15° kechasi +10°

Smartfon yaqinida uxlash organizm tiklanishi sifatiga salbiy ta’sir qiladi

Kundalik hayotda uchraydigan radiatsiya darajasi xavfsiz bo‘lishiga qaramay, mutaxassislar gadjetlarning tanaga yaqin joyda bo‘lish vaqtini minimallashtirishni tavsiya qilmoqda.

2 daqiqa o‘qiladi

Smartfon yaqinida uxlash organizm tiklanishi sifatiga salbiy ta’sir qiladi

Uyqu tananing tiklanishi uchun zarur bo‘lgan muhim jarayondir. Ammo telefonga yaqin joyda uxlash organizm tiklanishi sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Quyida uyqu sifatiga ta’sir qiluvchi omillar haqida ma’lumot beramiz.

Radiochastota nurlanishi

Mobil telefonlar signallarni uzatish uchun radioto‘lqinlaridan foydalanadi. Smartfonlardan chiqadigan radiochastota (RF) nurlanishi odatda past quvvatli bo‘lib, inson salomatligiga katta xavf tug‘dirmaydi. Biroq uzoq muddatli ishlatish yoki smartfondan noto‘g‘ri foydalanish ayrim xavflarni yuzaga keltirishi mumkin.

Kundalik hayotda uchraydigan radiatsiya darajasi xavfsiz bo‘lishiga qaramay, mutaxassislar gadjetlarning tanaga yaqin joyda bo‘lish vaqtini minimallashtirishni tavsiya qiladi. Bu qoida, ayniqsa, tungi uyqu vaqtida muhimdir. “Parvoz” (Rejim polyota) rejimidan foydalangan holda telefoningizni yotoqdan uzoqroq tutish maqsadga muvofiqdir.

Uyqu sifati

Uyqu tananing tiklanishi uchun zarur bo‘lgan muhim jarayondir. Ammo telefonga yaqin joyda uxlash organizm tiklanishi sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Birinchidan, mobil qurilmadagi ko‘k ekran uyquni tartibga solish uchun mas’ul bo‘lgan melatonin gormoni ishlab chiqarilishiga xalaqit beradi. Shuningdek, uyqudan avval smartfondan foydalanish uyquga ketish vaqtini kechiktiradi.

Ikkinchidan, telefoningizga kelayotgan SMS-xabarlar va turli signal tovushlari dam olishingizga xalaqit beradi. Smartfon vibratsiyasi va ovozlar odamni uyg‘otib yuboradi, bu ham uyquning umumiy sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Psixologik sabablar

Telefonni yotoq oldida qo‘yib uxlash gadjetlarga qaramlikni oshirishi mumkin. Smartfon yonida turganini ko‘rgan odamlar o‘zi istamasa va kerak bo‘lmasa ham behudaga ijtimoiy tarmoqlarni tekshirishi kuzatiladi. Bu esa ruhiy salomatlik uchun zarardir. Smartfonga qaramlik stress va tashvish darajasining oshishiga olib kelishi fanda isbotlangan. Yangi axborotlarni ko‘rish uchun telefonni doimiy tekshirish, hatto uxlayotganingizda ham ish yoki ijtimoiy majburiyatlar haqida o‘ylash insonlarda yanada ko‘p stress paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

Gigiyena 

Smartfon — bu o‘zimiz bilan hamma joyda olib yuradigan va doimo mikroblar va bakteriyalar ta’siriga uchraydigan predmet. Tadqiqotlarga ko‘ra, gadjetlar yuzasida turli infeksiyalarni keltirib chiqaradigan millionlab mikroblar mavjud.

Tavsiyalar

Avvalo, kechasi keladigan xabarlar sizni chalg‘itmasligi uchun “Bezovta qilinmasin” rejimini uyqudan avval yoqib qo‘ying. Ikkinchidan, ijtimoiy tarmoqlarni tekshirishga qo‘l bormasligi uchun telefonni uzoqroqqa, yoki umuman boshqa xonaga qo‘yib yoting. Smartfondagi uyg‘otkich o‘rniga an’anaviy soatlardan foydalaning.