$
 12768.26
-62.87
 14400.04
-142.76
 162.63
1.56
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

O‘zbekistonda sholi yetishtiruvchilar faoliyati qo‘llab-quvvatlanadi

positive

“Sholi yetishtiruvchilar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Imtiyozli kreditlar

Qarorga ko‘ra, 2024-yil 1-sentyabrdan fermer, dehqon xo‘jaliklari va boshqa mahsulot yetishtiruvchilarga sholi yetishtirish va xarid qilish xarajatlarini moliyalashtirish uchun prezident qarorida belgilangan shartlarda imtiyozli kreditlar ajratiladi.

20 foiz qismi uchun Davlat byudjetidan subsidiya

2025–2026-yillarda sholi ekish uchun xarid qilingan va ishlab chiqarilganiga bir yildan oshmagan yangi urug‘ seyalkalari hamda ko‘chatlab ekish uskunalari qiymatining 20 foizi Davlat byudjetidan subsidiyalar ajratish orqali qoplab beriladi.

Xorazm viloyatida sholi yetishtirish

Xorazm viloyatida sholi yetishtiruvchilarga quyidagi qo‘shimcha subsidiyalar ajratiladi:

sholi yetishtirish uchun har bir gektar lazerli tekislangan maydonga sarflangan yoqilg‘i-moylash materiallari xarajatlarining 100 foizini, biroq bir gektar uchun umumiy xarajat miqdorining 1 mln. so‘mdan ortiq bo‘lmagan qismini qoplash uchun;

prezident (PQ–144-son, 01.03.2022 y.) qarorida belgilangan miqdorlarda zamonaviy suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismini qoplash uchun.

2024-yil hosilidan, istisno tariqasida, Xorazm viloyatidagi 120 sentner va undan yuqori hosil olgan qishloq xo‘jaligi korxonalariga yetishtirilgan sholining 50 foizdan oshmagan guruch mahsulotini eksportga yo‘naltirishga ruxsat beriladi.

Теги :
Jamiyat